T. S. Malikov moliya


Moliya 241 3.14-nazorat uchun savol



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
241
3.14-nazorat uchun savol
Nima uchun har qanday firma o‘z aktivlari likvidligiga 
rioya qilishi kerak?
REZYUME
Moliyaviy hisobot uchta muhim iqtisodiy funksiya (vazi-
fa)ni bajaradi.
• 
Firma egalari va kreditorlariga firmaning joriy moli
­
yaviy ahvoli va o‘tgan davrda uning faoliyati samaradorligi 
to‘g‘risida ma’lumot beradi;
• 
Firma egalari va kreditorlariga kompaniya samara
­
dorligining asosiy reja ko‘rsatkichlarini mo‘ljallash va mene
­
jerlar faoliyatini tartibga solishning qulay usulini ko‘rsatadi; 
• 
Ular asosida moliyaviy rejalashtirishda ishlatiladigan 
qulay shablon-modellar tuziladi.
Mazkur qismda biz korporatsiyalarning asosiy moliyaviy 
hisobotlarini ko‘rib chiqdik, bular: kompaniya faoliyati-
ning moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot, balans va pul 
oqimlari to‘g‘risidagi hisobot. 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida
­
gi hisobot
ma’lum davrda firma faoliyati yakunlarini qayd 
etadi va kompaniyaning sof foydasi uning xarajatlari (shu 
jumladan, amortizatsiya chegirmalari va soliq to‘lash) ayi-
rib tashlangan daromadiga tengligini ko‘rsatadi. 
Balans
bir 
tomondan aktivlarni (ham qisqa muddatli yoki aylanma ak-
tivlar, ham uzoq muddatli yoki doimiy aktivlar), boshqa to-
mondan kreditorlar va kompaniya egalari tomonidan shu 
aktivlarga qo‘yiladigan talablarni (kompaniya majburiyatlari 
va aksiyadorlik kapitali kabi) o‘z ichiga oladi. 
Pul oqimlari 
to‘g‘risidagi hisobot
ma’lum vaqt oralig‘ida kompaniya ning 
operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyati natijasida 
barcha pul mablag‘lari harakatlarini qayd etadi. 
Firmaning buxgalteriya hisob(ot)lari iqtisodiy hisob(ot)
lardan quyidagi ikki sababga ko‘ra farq qiladi:
• unda muhim iqtisodiy ahamiyatga ega ba’zi aktivlar va 
majburiyatlar o‘z ifodasini topmaydi;
• aktivlar va majburiyatlar unda joriy bozor qiymati bo‘­
yicha aks ettirilmaydi.


242

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin