T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Kompaniya faoliyatining kuchli va zaif tomonlari ni-
madan iboratligini, uning faoliyati qanchalik samaraliligini 
aniqlash, shuningdek, uning rivojlanish istiqbollarini ba-
holash uchun tahlilchilar turli moliyaviy koeffitsiyentlardan 
foydalanadilar. Bu koeffitsiyentlar ish xususiyati o‘xshash 
boshqa kompaniyalarning koeffitsiyentlari yoki shu kom
-
paniyaning o‘tgan davrlardagi koeffitsiyentlari bilan taqqos­
lanadi. Bunday koeffitsiyentlarning beshta turi mavjud: 
rentabellik koeffitsiyenti, aylanuvchanlik koeffitsiyenti, 
moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti, likvidlik koeffitsiyenti va 
bozor qiymati koeffitsiyenti. Va, nihoyat, ushbu koeffitsi
-
yentlar tahlili ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik, shuning-
dek, firmaning asosiy, ishlab chiqarish faoliyatiga bog‘liqligi 
aniq ko‘zga tashlanadigan tarzda tashkil etilgan bo‘lsa, bu 
yanada ko‘proq qulaylik yaratadi. 
Moliyaviy rejalashtirishdan ko‘zlangan maqsad firma­
ning turli bo‘lim va bo‘linmalari rejalarini birlashtirish, fir
-
ma samaradorligining muayyan ko‘rsatkichlarini aniqlash 
va asosiy vazifalarni bajarganlik uchun rag‘batlashtirish 
tizimini ishlab chiqishdan iborat. Moliyaviy hisobotlar ning 
prognoz shakllari to‘plami moliyaviy rejalashtirishning nati-
jasini tashkil etadi. Rejalashtirish davri qanchalik uzoq da-
vomiy bo‘lsa, moliyaviy reja shunchalik batafsil bo‘lmaydi. 
Qisqa muddatli rejalashtirish nuqtayi nazaridan moli-
yaviy rejalashtirish birinchi navbatda aylanma kapitalni 
boshqarish masalalarini o‘z ichiga oladi. Aylanma kapital-
ga ehtiyoj tug‘ilishiga sabab shuki, ko‘pchilik firmalarda 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun zarur pul mab-
lag‘lari firma faoliyatidan keladigan pul oqimlari boshla­
nishidan oldin sarflab yuboriladi. Vaqtdagi bu uzilish (pul 
mablag‘lari aylanishi sikli davromiyligi) qanchalik katta 
bo‘lsa, kompaniyaga shuncha katta hajmda aylanma kapi-
tal kerak bo‘ladi.
Firmaning aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash 
uchun pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari, firma­
ning avans to‘lovlari, debitorlik qarzlari va tovar-moddiy 
boyliklar qo‘shiladi, olingan summadan mijozlarning avans 


Moliya
243
to‘lovlari, kreditorlik qarzlari va akkumulyatsiya bo‘lgan 
(to‘plangan) xarajatlar chegirib (olib) tashlanadi. Aylanma 
kapitalni samarali boshqarishning asosiy prinsipi debitor-
lik qarzlari va tovar-moddiy zahiralar kabi past daromad-
li aktivlar hajmini imkon qadar kamaytirishdan hamda 
joriy majburiyatlar qismidagi mijozlarning avans to‘lovlari 
va kreditorlik qarzlari kabi kam xarajatli moliyalashtirish 
manbalaridan imkon qadar samarali foydalanishdan iborat.
Firmani boshqarishda pul mablag‘larini boshqarish 
juda muhim jihat hisoblanadi. Chunki u nolikvid bo‘lib qol-
sa, hatto gullab­yashnayotgan firma ham jiddiy moliyaviy 
muammolarga uchrashi mumkin.
ASOSIY ATAMALAR
• balans qiymati (book value)
• nomoddiy aktivlar (intangible assets)
• gudvil, yoki firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si 
(goodwill)
• joriy narxlar asosida qayta baholash (marking to mar
-
ket)
• umumiy aksiyadorlik daromadliligi (total shareholder 
returns)
• sotuvdan foiz usuli (percent­of­salesmethod)
• barqaror o‘sish koeffitsiyenti (sustainable growth rate)
• aylanma kapital (working capital)
• pul oqimlari aylanishi sikli davomiyligi (cash cycle 
time)
• likvidlik (liquidity)
• kassa rejasi (cash budget)

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin