T.S.Malikov, N.H.Haydarov
REZYUME
112
Zamonaviy moliya – bu odamlarning ma’lum
vaqt mo
baynida
defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi
(xarajati)ni qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan. Moliyaviy
qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirim (daromad) va
chiqim (xarajat); 1) vaqt oralig‘ida tarqatilgan; 2) odatda,
ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na
boshqa biror odam bashorat qila olmaydi.
Zamonaviy moliya nazariyasi shunday doktrinaga asos-
lanadiki, unga ko‘ra moliya tizimining eng asosiy vazifa-
si insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-ke-
chak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni
qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub-
yektlari (firmalar ham, barcha darajadagi davlat hokimi
-
yati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa
qo‘shish uchun tashkil etiladi (gan).
Zamonaviy moliyani o‘rganish uchun kamida quyidagi
beshta o‘ta muhim sabab mavjud:
•
o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;
•
biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;
•
qiziqarli va daromadli karyera qilish;
•
mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli
fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;
•
dunyoqarashni kengaytirish.
Zamonaviy moliya nazariyasi doirasida xatti-harakatlari
o‘rganiladigan asosiy subyektlar – bu uy xo‘jaliklari, firmalar,
moliyaviy vositachilar va hukumat tashkilotlari. Bunda uy
112
O‘zbek tilidagi “rezyume” so‘zi fransuz tilidagi “rezumer” so‘zidan
olingan bo‘lib, ba’zi birovlar talqin qilayotganidek aynan “xulosa”ni ang-
latmasdan, balki yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan matn mazmunining qis-
qacha bayonini anglatadi. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 372. “Xulosa”
so‘zi esa Ona tilimizga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, “saralangan narsa;
natija; qisqacha bayon, mazmun; mohiyat” deb tarjima qilinsa-da, asosan,
“yuritilgan fikr yoki mulohazaning mantiqiy natijasi, yakun” ma’nosida
ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. – B.422. Ana shularni inobatga
olgan holda har ikki so‘zning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlang-chi?!
Moliya
73
xo‘jaliklari alohida o‘rin tutadi, chunki butun moliya tizimin-
ing asosiy vazifasi odamlarning ehtiyojlarini qondirish
dan
iborat va nazariyada bu ehtiyojlarga mavjud narsa, deb qa-
raladi. Zamonaviy moliya nazariyasi uy xo‘jaliklarining xat-
ti-harakatlarini o‘z ehtiyojlarini qondirish, deb baholaydi, har
qanday firma esa uning faoliyati aholi farovonligiga qay tarz
-
da ta’sir ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan baholanadi.
Odatda, tarkibi va hajmi turlicha bo‘lgan oilalar uy
xo‘jaliklari, deb ataladi. Bir taraf (qutb)da bir necha av-
lod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va
ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan
katta oilalar tursa, qarama-qarshi taraf (qutb)da bir o‘zi
yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmay-
digan yakka inson turadi. Ammo Zamonaviy moliyada bun-
day oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi.
Odatda, uy xo‘jaliklariga to‘rt xil moliyaviy qaror qabul
qilishga to‘g‘ri keladi.
•
Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risi
dagi qarorlar.
Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga
sarflash mumkin, joriy daromadning qaysi qismini kelajakda
sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak?
•
Investitsiyalar bilan bog‘liq qarorlar yoki investitsion
qarorlar.
Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘nal-
tirish (joylashtirish) kerak?
•
Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar.
Uy xo‘jaligi
o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish
uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foy-
dalanishi kerak?
•
Riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar.
Uy xo‘ja-
liklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat
mavhumligi darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yi-
ladigan risk darajasini qachon oshirishi zarur?
Biznes sohasida moliyaviy qaror qabul qilishning uchta
asosiy doira (soha)si mavjud: a) investitsiyalarni rejalashti-
|