Moliya
79
va umumiy miqdorda yiliga 100 000 dollar ishlab topishadi.
“B” oilada faqat yer ishlaydi va
u ham xuddi shuncha mab-
lag‘ ishlab topadi. Bu ikkala oila qabul qiladigan moliyaviy
qarorlar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
5. Farzand necha yoshda moliyaviy mustaqil bo‘lishini
kutsa bo‘ladi?
6. Siz avtomobil sotib olishga qaror qildingiz. Quyidagi
savollarni diqqat bilan o‘rganib chiqqan holda o‘z kelajagin-
gizni tahlil qiling:
• mashina sotib olishdan tashqari Sizning harakat vo
-
sitasiga bo‘lgan ehtiyojingizni qondirishning boshqa yo‘llari
bormi? Variantlar ro‘yxatini tuzing va har birining foydasiga
va
aksincha, ularga qarshi fikrni bayon eting.
• Siz avtomobil sotib olishni qanday yo‘llar bilan moli
-
yalashtirishingiz mumkin?
• avtomobil sotib olish uchun kredit beradigan kamida
uchta tashkilotdan ma’lumot to‘plang va har biri taklif eta-
yotgan shartlarni o‘rganing.
• qanday mezonlar asosida Siz qaror qabul qilasiz?
7. Siz o‘z biznesingizni ochish
imkoniyati ustida bosh
qotirmoqdasiz, ammo mablag‘ingiz yo‘q: a) O‘ylab ko‘ring,
qarz (ga) olmas (kirmas)dan turib qanday biznes bilan shu-
g‘ul lanish mumkin?; b) Endi oddiy foiz stavkalari bilan istal-
gancha mablag‘ni qarzga olish imkoniyatingiz bo‘lganda qan-
day biznes bilan shug‘ullangan bo‘lardingiz? Shu to‘g‘rida
o‘ylab ko‘ring; v) biznes bilan shug‘ullanib, qanday riskka
to‘qnash (duch) kelishingiz mumkin?; g)
yangi biznesni moli-
yalashtirish uchun qayerdan mablag‘ olishingiz mumkin?
8. Firma bo‘lmagan biror tashkilotni tanlang, masalan,
assotsiatsiya yoki diniy uyushma, va shu tashkilot qabul
qiladigan moliyaviy qarorlarni sanab o‘ting (chiqing). Bunday
tashkilot qanday asosiy muqobil maqsadlar bilan to‘qnashi-
shi mumkin? Eng maqbul yo‘lni tanlashda tashkilot a’zola-
rining ehtiyojlari qanday o‘rin tutadi? Mazkur tashkilotning
moliyaviy menejeri bilan suhbatlashing
va u Sizning fikrin
-
gizga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi? Shuni bilib oling.