T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
tovarlar sotib oling
155
. Ularni o‘rab-chirmab, o‘zingiz bilan 
olib chiqib keting
156
va xorijda ovqat sotib olish va yashash 
uchun ishlatishga harakat qiling
157
. Boshqacha qilib aytgan-
da 
barter
158
,
ya’ni pul mablag‘laridan foydalanmagan hol-
da tovar ayirboshlashdan foydalaning. Bu o‘rinda dunyoni 
ko‘rish uchun bu eng qulay usul emasligini aytishning hojati 
ham yo‘q. Zero, Siz o‘zingiz bilan katta bagaj olib yurishga 
hamda bor vaqtingiz va kuchingizni muzey va teatrlarni to-
mosha qilishga emas, balki mehmonxona yoki tushlik uchun 
to‘lov sifatida Siz tomoningizdan taqdim etiladigan ayrim 
qimmatbaho narsalarni qabul qilishga rozi bo‘ladigan resto-
ran yoki mehmonxonani qidirishga sarflashingiz aniq. 
Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tizimning 
muhim funksiyalaridan biri uy xo‘jaligi va firmalarga u yoki 
bu tovar va xizmatlarni sotib olishga ortiqcha ko‘p vaqt 
sarflashga yo‘l qo‘ymaydigan samarali to‘lov tizimi faoliya
-
tini ta’minlash hisoblanadi. To‘lov vositasi bo‘lgan oltinni 
qog‘oz pullarga almashtirish to‘lov tizimi samaradorligini 
oshirish misollaridan biri bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biz-
ning davrda oltin tibbiyotda va zargarlik ishlarida foyda-
laniladigan defitsit resurs bo‘lib, qog‘oz pullar esa asosiy 
to‘lov vositasi hisoblanadi. Oltinga nisbatan qog‘oz pulning 
haqiqiyligini tekshirish oson (ularni soxtalashtirish qiyin-
roq) va ulardan turmushda foydalanish, masalan, cho‘ntak-
155
Shunday bo‘lsa-da, hozirgi real sharoitda buning ham ma’lum dara-
jada cheklanganlik xarakteriga ega ekanligi esingizdan chiqmasin.
156
“Olib chiqib ketish”, afsuski, faqat istak va imkoniyatlarning yetarli 
ekanligiga bog‘liq emas. Bu yerda ham o‘rnatilgan o‘ziga xos tartib-qoida-
lar hukm suradi. Ularni hurmat qilmoq va ularga qat’iy rioya etmoq lozim. 
Aks holda, ...
157
Buning qanchalik noqulay va mashaqqatli ekanligini hammamiz 
ham tasavvur qila olamiz­a? Ibtidoiy jamoa tuzumida emas, balki XXI asr­
da yashayotganligimiz hisobga olinadigan bo‘lsa, uning qanchalik “yov-
voyi” yoki tasavvur etilishi qiyin bo‘lgan xarakterga ega ekanligi ochiq-oy-
din ma’lum bo‘ladi.
158
“Barter” inglizcha “barter” – tovar ayirboshlash. Pul mablag‘lari 
ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayir-boshlash va shu haqdagi shartno-
ma. Qarang: o‘sha manba. J.I. - B.172.


Moliya
103
da olib yurish ancha qulay. Bundan tashqari pulni bos-
madan chiqarish (nashr etish) – bu qazib olish, qayta eri-
tish va oltin tangani zarb qilishdan anchagina arzon jara-
yon. To‘lovlarni amalga oshirishning alternativ
159
vositalari: 
cheklar, kredit yoki plastik kartochkalari va elektron to‘lov 
tizimlari paydo bo‘lishi natijasida hisob-kitobni amalga 
oshi rishning samaradorligi yanada oshdi. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin