defitsit
iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror-bir
xususiy investorni (
erkin mablag‘lar
ga ega bo‘lgan iqtisodiy
birlik) aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln.
so‘mlik kapital ajratishiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldin-
giz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining, aytaylik,
75%ini to‘lash majburiyatini olasiz. Bundan tashqari Siz
bankdan yillik 6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit
olishga erishdingiz. 4.2.1-chizmada ushbu 100,0 mln. so‘m
miqdoridagi umumiy oqim boshqa manbalardan Siz tomonga
kelayotgan moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan.
Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan
paytda riskni kim o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?
148
. Axir hayot
148
Biznesni tashkil qilayotgan paytda buni har doim ham inobatga
olayapmizmi? Uning oqibati nimalarga olib kelayapti?
Moliya
99
tasodiflarga boy. Uning bundan xoli bo‘lishiga hech kim kafo
-
lat bera olmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati davo-
mida faqat muvaffaqiyatga erishadi. Uning peshonasiga mu-
vaffaqiyatsizlik yozilmagan. Bunga men kafilman!”, deydigan
“mard” hayotda uchramaydi. Unday “mard”ni kunduzi chiroq
yoqib qidirsangiz ham topa olmaysiz.
Shu sababli, ushbu misolda asosiy riskni Sizning ak-
siyadoringiz o‘z bo‘yniga oladi. Zero, korxona inqirozga yuz
tutsa, u o‘zining 70,0 mln. so‘mini qaytarib ololmaydi. Bi-
roq bankning harakatlarida ham ma’lum bir risklilik dara-
jasi (riskiy daraja) mavjud bo‘lishi mumkin. Bu quyidagi-
cha izohlanadi: Siz inqirozga yuz tutgan holda bank ham
qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lig‘icha olol-
masligi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, yilning oxirida biz-
nesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu
holatda investor o‘zi investitsiya qilgan hamma summani
yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 30,0 mln. so‘mdan
10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun kreditorlar ak-
siyadorlar bilan bir qatorda xususiy firma faoliyati riskining
ma’lum bir qismini o‘z zimmasiga oladi.
Garchi kapital va risk ko‘pincha birlashib ketsa-da, ular
bo‘linishi ham mumkin. Biznes qilish uchun 30,0 mln. so‘m
miqdoridagi qarz olish misolida shunday vaziyatni ko‘rib
chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz
tomondan qaytarilishiga kafolat bera oladigan yaqin qarin-
doshlaringizdan birini olib kelishingizni talab qilyapti. Ush-
bu talabni taklif etgan holda bank Siz tomondan kredit
shartnomasi shartlarining bajarilmay qolishi bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda
bank Sizga 30,0 mln. so‘m miqdoridagi kreditni o‘zi uchun
eng kam risk bilan taqdim etadi. Qarz bo‘yicha asosiy risk
esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi
149
.
Tobora ishonch hosil qila borganimizdek, moliya ola-
midagi ko‘plab moliyaviy shartnomalar pul resurslarini
149
Bunga hayotdan haqiqiy misollar keltira olasizmi? Amaliyotimizda
moliyaviy tizim taqdim etishi mumkin bo‘lgan bunday imkoniyatlardan
foydalanish darajasi pastligining sabablari nimada?
|