T.S.Malikov, N.H.Haydarov
ko‘chirmasdan turib riskni ko‘chirishni nazarda tutadi
150
.
Bu masalan, aksariyat sug‘urta shartnomalari va kafolat-
larga tegishlidir. Shuningdek, bularga fyuchers, opsion va
svoplar kabi hosila instrumentlar ham kiradi.
2.3-nazorat uchun savol
Moliyaviy tizim yordamida riskni ko‘chirishga misol kel-
tiring.
5.3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob–
to‘lovlarni amalga oshirish
Moliyaviy tizim kliring operatsiyalarini amalga oshi-
rish hamda tovarlar, xizmatlar va aktivlar almashinuvini
rag‘batlantiruvchi usullar bilan to‘lovlarni amalga oshirish-
ga imkon (yordam) beradi.
Moliyaviy tizimning eng muhim funksiyalaridan biri
odamlar va firmalarni tovar va xizmatlarni sotib olish ja
-
rayonida to‘lovlarni amalga oshirishning samarali usu-
li bilan ta’minlanishini o‘z ichiga oladi. Faraz qilaylik, Siz
AQShda yashaysiz
151
. Dunyo bo‘ylab turistik sayohat-
ni rejalashtiryapsiz va bunda barcha turistik xarajatlarni
qoplash uchun 5000 dollar yetarli bo‘ladi, deb hisoblayap-
siz. Pulni o‘zingiz bilan qaysi shaklda olishingiz lozim? Siz
boshqa mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarga to‘lovni qay
tarzda amalga oshirasiz?
Ko‘pgina xorijiy mehmonxonalar, yoshlar yotoqxonalari
va restoranlar (lekin hammasi ham emas), to‘lov vositasi
sifatida AQSh dollarini qabul qiladilar. Bu o‘rinda albatta,
kredit kartochkasidan foydalanish mumkin. Biroq jahonda-
gi Siz borib ko‘rgingiz kelgan ayrim mamlakatlarda ular-
150
Nega? Bu yerda “Sutdan og‘zi kuygan qatiqni ham “puf”lab ichadi”,
- degan o‘zbekona maqol o‘z kuchini ko‘rsatmayaptimi?
151
Vaziyatni yanada chigallashtirmaslik uchun shunday misolni kelti-
rayapmiz. Bu o‘rinda AQShning o‘rniga O‘zbekiston olinadigan bo‘lsa,
muhokama etilayotgan muammoning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri idrok
etish yanada murakkablashadi.
Moliya
101
ni qabul qilishmaydi
152
. Sizga yo‘l chek
153
larini sotib olish
kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, unda qaysi valyutada? Ushbu
barcha savollarga javob berishga uringan holda Siz balki,
barcha mamlakatlardagi hamma sotuvchilar bir xil to‘lov
vositalaridan foydalanganlarida juda qulay bo‘lishini qay-
ta-qayta o‘ylashingiz (istashingiz), tabiiy.
Endi yuqorida tasvirlangan vaziyatning o‘rniga quyi-
dagilarni tasavvur qiling: Siz hukumati o‘zining fuqarolariga
xorijiy valyuta operatsiyalarini cheklab qo‘yuvchi davlatda
yashovchi boy odamsiz va Siz ham dunyo bo‘ylab sayo-
hat qilishga qaror qildingiz. Bunda Siz o‘z mamlakatingiz-
da milliy valyutadan foydalangan holda xohlagan narsan-
gizni sotib olishingiz mumkin. Biroq uning tashqarisida uni
(Sizning milliy valyutangizni) to‘lov vositasi sifatida hech
kim qabul qilmaydi. Sizning davlatingizdagi xorijiy valyuta-
ning defitsit ekanligi hukumatni o‘zining fuqarolariga xori
-
jiy valyutani sotib olish yoki xorijdan qarz olishini taqiqlab
qo‘yishiga majbur qiladi
154
. Bunday vaziyatda Siz nima qil-
gan bo‘lardingiz?
Bunday vaziyatda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan imkoni-
yatlardan biri, u qanchalik noqulay bo‘lmasin, quyidagi-
cha: vataningizda qimmatbaho va tashishga qulay bo‘lgan
152
Hatto jahondagi asosiy zahira valyuta hisoblangan AQSh dollariga
nisbatan munosabat shunday bo‘lib turgan bir paytda, bunday vaziyatda
endigina “atak-chechak” qilib yurib kelayotgan yosh o‘zbek valyutasiga
nisbatan munosabatning qanday bo‘lishi mumkinligini har birimiz to‘g‘ri
idrok qila olamiz, albatta.
153
“Chek” inglizcha “check” – pul muomalasiga doir hujjat, shartno-
ma; veksel. 1. Ma’lum yuridik shaxsning joriy hisob raqamidan muayyan
miqdordagi pulni berish yoki o‘tkazish haqidagi yozma farmoyishdan ibo-
rat maxsus hujjat. 2. Kassa tomonidan beriladigan, tovar uchun to‘lan-
gan summa ko‘rsatilgan talon, shuningdek, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa
ko‘rsatilgan va kassaga taqdim etiladigan kvitantsiya. Qarang: o‘sha man-
ba. J.IV. - B.473.
154
Nega xorijiy valyutaning defitsit ekanligi hukumatni o‘zining fuqa-
rolariga xorijiy valyutani sotib olish yoki xorijdan qarz olishini ta’qiqlab
qo‘yishga majbur qiladi? Buni o‘z mulohazalaringiz asosida tushuntirib
bering-chi?!
|