Moliya
97
Amaliyotning ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib
va murakkablashib borgani sari
moliyaviy tizim uning sub-
yektlarini pul resurslarini vaqt bo‘ylab va makonda ko‘chirib
o‘tkazish (o‘tish, joyini o‘zgartirish)ning samarali usullari bilan
ta’minlashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kun-
da mavjud bo‘lgan bozorlar va moliyaviy tizim vositachilari-
ning o‘ta murakkab tarmog‘i yapon ishchisining pensiyaga oid
jamg‘armasini amerikalik yosh oilalarga uy sotib olishlarini
moliyalashtirish uchun ishlatilishiga imkoniyat yaratmoqda.
Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samara-
dorligini oshirishga katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda.
Ular tufayli defitsitli pul resurslari vaqt (zamon) va makon
bo‘ylab ko‘chirib o‘tkaziladi. Pul resurslari yuqori daromad
keltirmaydigan joydan oqib keladi
va katta foyda keltiradigan
joyda ishlatiladi
146
. Masalan, faraz qilaylik, barcha oilalar o‘z
jamg‘armalarini uyidan tashqariga chiqmasdan investitsiya
qilishga majburlar
147
. Bunda “A” oila jamg‘armasi bo‘yicha yil-
lik daromadlilik stavkasi bor-yo‘g‘i 2%ni tashkil etadi, “B” oila
esa o‘zining jamg‘armasidan yiliga 20% daromad olish imkoni-
yatiga ega. “A” oilaning jamg‘armasini
jalb qilib, “B” oilaga
qarzga beruvchi investitsion kompaniya tuzish yo‘li bilan ik-
kala jamg‘armaning samaradorligini oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: