12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)



Yüklə 117,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix27.12.2023
ölçüsü117,13 Kb.
#200459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

“Vatandoshlar” jamoat 
fondi 
tashkil etildi. 
Fondning asosiy maqsadi: xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan 
vatandoshlarni o„z tarixiy vatani oldida jipslashtirish, ularning qalbida, ongida yurt 
bilan faxrlanish tuyg„usini yanada yuksaltirish, qolaversa, ularning xorijda tashkil 
etgan jamoat tashkilotlariga amaliy yordam berish, mamlakatimizning iqtisodiy-
ijtimoiy rivojida ularning ishtirokini ta‟minlashdan iborat. 
Fondning vazifalari: birinchi navbatda, xorijdagi vatandoshlarimizning jamoat 
tashkilotlari, birlashmalari bilan aloqalarni o„rnatish, ularga huquqiy, moddiy, amaliy 
yordam berish. Bundan tashqari, xorijda istiqomat qiluvchi, ulkan ilmiy-amaliy 
tajribaga ega bo„lgan olimlar, professionallar bilan turli loyihalar ustida ishlash. 
Ushbu loyihalar sirasiga xorijdagi vatandoshlarimiz orasida o„zbek tilining adabiy 
merosini talqin qilish maqsadida bir qator tadbirlar o„tkazish, ushbu tadbirlarda 
ko„zga ko„ringan olimlar, fan arboblari, sportchilar, diniy ulamolar, san‟at va 
madaniyat vakillari ishtirokini ta‟minlash kabilar kiradi. Bir so„z bilan aytganda, chet 
eldagi vatandoshlarimiz bilan tizimli hamkorlikni yo„lga qo„yish, bu yo„lda tegishli 
vazirliklar, muassasalar uchun takliflar ishlab chiqish fond asosiy vazifalari 
hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, O„zbekiston Respublikasida tarixiy jihatdan qisqa bir 
davrda xalqaro munosabatlarni yo„lga qo„yish va rivojlantirish bobida bir necha 
o„n yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O„zbekiston o„zining tinchliksevar, 
yaxshi qo„shnichilik, o„zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan 
butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o„zining munosib o„rnini egalladi, uning 
mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. O„zbekiston Respublikasining tashqi 
siyosiy faoliyati uning milliy mustaqilligi, siyosiy va iqtisodiy erkinligi, suverinitetini 
mustahkamlash va keskin ijtimoiy-siyosiy muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish 
uchun katta ahamiyatga egadir.
O„zbekistonning xalqaro munosabatlardagi erishgan o„ttiz yillik tajribasi shuni 
ko„rsatadiki, mustaqil tashqi siyosat olib borish, davlatlararo munosabatlar yunalishi 
va ustuvorligini belgilash, uni yanada 
rivojlantirish, tinch-totuv yashash 
tamoyillarini barqarorlashtirish, teng huquqli munosabatlar va o„zaro manfaatli 
hamkorlik, keng miqyosdagi kichik va tashqi muammolarni hal qilishga imkon 
beradi. 

Yüklə 117,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin