12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
Markaziy Osiy mintaqasi tabiiy resurslarga boy O„zbekiston paxtani eksport qilish bo„yicha jahonda 3-o„rinda, uran zaxiralari
bo„yicha 7-o„rinda, umumiy oltin zaxiralari bo„yicha 4-o„rinda.
Qozog„iston sink, xrom, volfram, vanadiy zaxiralari bo„yicha jahonda
1-o„rinda, uran zaxiralari bo„yicha 2-o„rinda, marganets va asbest zaxiralari bo„yicha
3-o„rinda, qo„rg„oshin zaxiralari bo„yicha 4-o„rinda.
Turkmaniston tabiiy gaz qazib olish bo„yicha jahonda 4-o„rinda. Tojikiston
gidroenergetika zaxiralari bo„yicha jahonda 8-o„rinda.
Qirg„iziston oltin, simob, uran, volfram ko„mir, neft, gidroenergetika va gaz
bo„yicha katta zaxira boyliklariga ega.
Ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasida qudratli davlatlarning manfaatlari
kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o„choqlariga tutash bo„lgan ushbu
mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro„y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta‟sirini his
etmoqda. Shunday ekan tabiiy savol tug„iladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi?
Bu yerda qanday kuch ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki
hamkorlik va taraqqiyotmi?
Bu borada O„zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o„zaro ishonchni
yanada mustahkamlash tarafdori ekanligi alohida ta‟kidlandi.
O„zbekistonning bosh maqsadi – umumiy sa‟y-harakatlarimiz bilan Markaziy
Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga
aylantirishdan iborat. Buning uchun turli nizolarni qo„zg„aydigan va unga
ko„maklashadigan sabab va omillarga mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda barham
berish, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy
rivojlanishni ta‟minlash zarur.
Mintaqa mamlakatlari taraqqiyotining umumiy ustuvor yo„nalishlarini anglagan
holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o„tkir mintaqaviy
masalalarni yechish bo„yicha oqilona murosa yo„lini izlash lozimdir.
Mamlakatlar uchun munosib kelajakni ta‟minlash uchun hozirgi kunda qanday
aniq vazifalarni bajarish muhim va zarur?