12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)



Yüklə 117,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix27.12.2023
ölçüsü117,13 Kb.
#200459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

Oltinchi.
 
Mintaqadagi ekologik muammolar doimo mintaqa davlatlarining 
diqqat-e‟tibori markazida bo„lib kelmoqda. 
Orol dengizining halokati oqibatlarini yumshatish uchun barcha zarur choralarni 
ko„rish, hamkorlik ko„lamini kengaytirish lozim. 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim o„zgarishlariga moslashuvi, shu bilan 
birga, 
resurslarni 
tejaydigan 
texnologiyalarni 
kengroq 
tatbiq 
etishga 
ko„maklashadigan “Markaziy Osiyo uchun “Yashil kun tartibi” mintaqaviy dasturini 
ishlab chiqish borasida ishlar olib boriladi. 
Yettinchi.
 
Mintaqa aholisining katta qismini tashkil etadigan yoshlarning 
Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanishida qanchalik muhim o„rin tutishi barcha 
uchun ayon. 
Butun dunyoda yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash davom etayotgan 
bugungi kunda biz Markaziy Osiyoning kelajagi bo„lgan yoshlarimizni 
vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashimiz 
lozim. 
Shu maqsadda Markaziy Osiyo yoshlari o„rtasida doimiy muloqot maydonini 
tashkil etish, qardosh xalqlarning yuksak axloqiy qadriyatlari va beqiyos ma‟naviy 
merosini asrab-avaylash, ularni yanada boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol 


yetkazishga ko„maklashadi. 
Sakkizinchi.
 
Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish Markaziy Osiyo 
xalqlarining qardoshlik rishtalarini mustahkamlashning yana bir muhim omili 
hisoblanadi. 
Festivallar, madaniyat va kino kunlari hamda Markaziy Osiyo madaniy 
merosiga bag„ishlangan kitoblarni qo„shni davlatlar bilan birgalikda nashr etishga 
bo„lgan talab bugungi kunda tobora ortib bormoqda. 
Shunday tadbirlarni o„tkazish ezgu an‟anaga aylanishi uchun tegishli loyihalarni 
ishlab chiqish zarur. 
Markaziy Osiyo hududi bo„ylab amalga oshiriladigan turizm mintaqa 
xalqlarining yaqinlashishiga ko„maklashadigan yana bir amaliy omil hisoblanadi. 
Shu ma‟noda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda sayyohlik 
yo„nalishlarining barcha qirralarini qamrab oladigan “Bitta sayohat – butun 
mintaqa” qo„shma dasturini amalga oshirish bo„yicha tashabbuslar 
shakllantiriladi. 
Mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga barqaror va ortga qaytmas mazmun baxsh 
etish, “xalq diplomatiyasi” imkoniyatlarini ko„proq ishga solish, parlamentlar va 
media sohani jalb qilish g„oyat muhim hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollari muloqotini yanada rivojlantirish, gender 
tenglik sohasidagi global maqsadlarga erishish bo„yicha hamkorlikni kengaytirish 
zarur. 
O„zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari faqat birgalikda. ahillikda, bir-birini 
qo„llab-quvvatlagan holda oldida turgan muammolarni samarali hal qila olishiga, 
mintaqaning barqaror rivojlanishini ta‟minlashga va mintaqa xalqlari farovonligini 
yuksaltirishga erishish mumkin, deb hisoblaydi.
O„zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligida
2018-2021 yillarda BMT Bosh Assambleyasining bir necha maxsus rezolyutsiyalari 
qabul qilindi. 
“Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni 
ta‟minlash bo„yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” (2018 yil
22 iyun), “Ma‟rifat va diniy bag„rikenglik” (2018 yil 12 dekabr), “Markaziy Osiyoda 
barqaror turizm va barqaror rivojlanish” (2019 yil 19 dekabr), “Orolbo„yi mintaqasini 
ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to„g„risida”gi
(2021 yil 18 may) BMT rezolyutsiyalari xalqaro hamkorligimizning yaqqol misolidir. 
Hamkorlikda amalga oshirilayotgan barcha sa‟y-harakatlar, loyiha va dasturlar, 
hech shubhasiz, o„zaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlab, Markaziy
Osiyo xalqlari tomonidan qo„llab-quvvatlanmoqda va qardoshlarimizning manfa- 
atlariga to„liq javob beradigan bunday mintaqaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. 
O„zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining


72-sessiyasidagi (2017 yil sentabr) nutqida Toshkentda Afg„onistonda tinchlik 
o„rnatish masalasiga bag„ishlab konferensiyasini o„tkazish taklifini bergan edi. 
2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg„oniston bo„yicha yuqori darajadagi 
“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” 
mavzusidagi xalqaro konferensiyasida 30 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilot 
vakillari ishtirok etdi. 
Birinchi galdagi vazifalardan biri Afg„onistonning mintaqaviy iqtisodiy 
jarayonlarga qo„shilishiga har tomonlama ko„maklashishdan iborat. 
Afg„oniston Shimolda; Turkmaniston, O„zbekiston va Tojikiston, sharkda; 
Xitoy, Xindiston va Pokiston, janubda; Pokiston va g„arbda esa Eron mamlakatlari 
bilan chegaradoshdir. 
Milliy tarkib: turli xalq va elatlarga bo„linadi: pushtunlar – 48 % ni, tojiklar –
25 % ni, xazarlar – 19 % ni, o„zbeklar – 6 % ni qolganlar esa boshqa xalklarni 
vakillar hicoblanishadi. 
Bugungi kunda Afg„oniston Islom Respublikasi hududida turli manbalarga ko„ra 
2,7-3,5 million atrofida o„zbeklar yashaydi. 
Afg„oniston bir necha marotaba bosib olingan, lekin hech qaysi davlat uni o„ziga 
bo„ysundira olmagan. 
Ekspertlarning fikricha, respublika hukumati 2015 yil noyabrida mamlakat 
hududining 72 foizini nazorat qilgan bo„lsa, 2016 yil noyabriga kelib, bu raqam
57 foizgacha qisqardi. 
So„nggi olti oy mobaynida “Tolibon” harakati o„z pozitsiyalarini mustahkamlab 
oldi, Respublika sharqida joylashgan Nangarhar viloyatida ISHID terrorchilik guruhi 
jangarilari paydo bo„ldi. 
Ma‟lumotlarga ko„ra, Afg„onistonda 900 ming ayol taqiqlangan moddalarni 
iste‟mol qiladi. Narkotik moddalarga qaram 10 yoshgacha bolalar soni esa
100 mingga yaqin. Mamlakatda reabilitatsiya markazlari atigi 20 taga yaqinligi 
tashvish uyg„otadi. 
2017 yilda Afg„onistonda “Tolibon” va ISHID terrorchilik guruhining hujumlari 
oqibatida 10 mingdan ko„proq tinch aholi halok bo„lgan. 
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma‟lumotiga ko„ra, Afg„oniston shimolida 
Suriyadan qochgan qariyb sakkiz ming jangari joylashgan. Ular orasida Markaziy 
Osiyo mamlakatlari, xususan, O„zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan chiqqan 
ko„plab fuqarolar bor. 
O„zbekiston va Afg„oniston o„rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 13 oktabrda 
o„rnatilgan. Ikki tomonlama hamkorlik 2016 yilga kelib, izchil rivojlana boshladi. 
2017 yil yanvarda Toshkentda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o„rtasidagi 
siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo„lib o„tdi. O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Afg„oniston bo„yicha maxsus vakili tayinlangani 


mamlakatning ikki tomonlama munosabatlarga ajratayotgan e‟tibori namunasi bo„ldi. 
O„zbekiston Afg„onistonda tog„-kon sanoati, qurilish, energetika, ta‟lim 
sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. 
O„zbekistonlik quruvchi va mutaxassislar tomonidan “Termiz – Hayraton – 
Mozori Sharif” temir yo„li qurilib, foydalanishga topshirilgan. O„zbekiston 
mutaxassislari tomonidan “Mozori Sharif – Hirot” temir yo„li va “Surxon – Puli 
Xumri” elektr uzatish liniyasi qurish bo„yicha yirik loyihalarni amalga oshirish 
yuzasidan kelishuvlarga erishildi. 
Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg„oniston fuqarolariga
tibbiy xizmat ko„rsatish uchun sharoitlar yaratildi. Afg„oniston uchun turli soha 
mutaxassislarini tayyorlash maqsadida Surxondaryo viloyatida maxsus ta‟lim 
markazi tashkil etilgan
3
. Afg„onistonlik yoshlar mazkur markazda ikki yil davomida 
o„zbek tili va adabiyoti yo„nalishida pedagogik tahsil olishadi. Shundan so„ng o„z 
yurtlariga qaytib, sohalari bo„yicha afg„on o„quvchilariga dars berishadi. Markazda 
dastlabki bosqichda o„zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta‟lim yo„nalishida 97 nafar 
talaba, shu jumladan, 86 nafar o„g„il bola va 11 nafar qiz bolani o„qitish nazarda 
tutilgan edi. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag„rikenglik va insonparvarlik 
madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda 
fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e‟tiqodidan 
qat‟i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida 
tarbiyalash O„zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo„nalishlaridan biri 
etib belgilangan. Bugungi kunda respublikamizda faol «xalq diplomatiyasi» asosida 
chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o„zaro foydali munosabatlarni 
yo„lga qo„yish, xorijiy mamlakatlar bilan do„stona munosabatlarni va madaniy- 
ma‟rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o„z faoliyatini O„zbekistonda yashab 
kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma‟naviy 
qadriyatlari, milliy an‟analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama 
rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat 
markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O„zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan 
do„stlik va madaniy-ma‟rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do„stlik 
jamiyatlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. 
Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o„rtasidagi tinchlik va 
hamjihatlikni ta‟minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko„p millatli yagona oila 
tuyg„usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do„stlik jamiyatlari 
faoliyatini har tomonlama qo„llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy 
mamlakatlar bilan madaniy-ma‟rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning 
jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ„ibotiga, shuningdek, 


ushbu yo„nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni 
samarali muvofiqlashtirishga yo„naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich 
ro„yobga chiqarish maqsadida Respublika baynalmilal madaniyat markazi va
do„stlik jamiyatlarining Markaz negizida 2017 yil 19 майdagi PF-5046-sonli 
“Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalarini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoni bilan O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalari 
qo„mitasi tashkil etildi. 
Qo„mitaning asosiy vazifalari sifatida: 
jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag„rikenglikni ta‟minlashga 
qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do„stlik va ko„p millatli yagona 
oila tuyg„usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
hurmat ruhida tarbiyalash; 
do„stona xalqaro aloqalarni yo„lga qo„yish, o„zaro manfaatli hamkorlikni 
rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet 
ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do„stlikni mustahkamlash 
borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish; 
davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy 
markazlar va do„stlik jamiyatlari bilan o„zaro aloqasi va hamkorligini ta‟minlash; 
mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o„ziga xos 
milliy an‟analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga 
ko„maklashish; 
xorijiy mamlakatlarda davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik 
huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O„zbekistonning maqsad va 
vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida 
erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targ„ib qilish; 
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do„stlik aloqalarini 
yanada rivojlantirish va uyg„unlashtirishga bag„ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini 
tashkil qilishda ko„maklashish va bevosita qatnashish belgilandi. 
O„zbekistonda ko„ptilli ta‟lim va nashrlar: 
Davlat ta‟lim muassasalarida o„qitish 7 tilda olib borilmoqda. MTRK o„z 
ko„rsatuvlarini 12 tilda namoyish etadi, o„ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr 
etilmoqda. 
Xalqlar do„stligi kuni:
BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro 
do„stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana O„zbekistonda “Xalqlar do„stligi 
kuni” deb belgilandi. 


2021 yilning 11 avgust kuni Prezidentning qarori bilan 

Yüklə 117,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin