143
gormonal xususiyatga ega bo‘lgan 1,25 dioksiholekalsiferol hosil
bo‘ladi.
Bu reaksiya parat gormonlar
bilan boshqariladi. 1,25 dioksi-
holekalsiferol
ichakda Ca tashi-
lishini kuchaytiradi. Uning
ta’sirida ichak shilliq qavati
hujayralarining tegishli oqsillari
kalsiy biriktirgan oqsilga aylanadi.
Bu birikma ichak mikrovorsinka-
larida faoliyat ko‘rsatadi.
Yuqoridagi oqsil va Ca bog‘liq
ATFaza Ca tashilishida qatnashadi,
bu jarayon Na ham bog‘liq. Juda ko‘p a’zolarning
hujayralarida, T,
B-limfotsitlarda 1,25-dioksiholekalsiferol retseptorlarining topilishi
vitaminning hujayralar, jumladan fagositlar, limfotsitlarning
differensirovkasi va faoliyatidagi katta ahamiyatini ko‘rsatadi.
Vitamin D bilan davolab bo‘lmaydigan
raxit kasalligining sababi
buyraklar 1,25-degidroksiholekalsiferolning adekvat miqdorini
sintezlay olmasligidadir. Bu birikmani 2,5-5 mkg/sutka miqdorda
qabul qilib turish ichaklarda Ca me’yorida so‘rilishini ta’minlaydi.
Vitamin D yetishmaganida faqat suyak to‘qimasi emas, balki butun
organizm zarar ko‘radi, qon bilan a’zolarga Ca yetarli bormasligi
natijasida ikkilamchi o‘zgarishlar yuzaga keladi. Vitamin D
tanqisligida ingichka ichakning shilliq qavatida distrofik o‘zgarishlar
yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini ayniqsa, so‘rish qobiliyatini
pasaytiradi. D-gipovitaminozda lipidlar almashinuvi buziladi (qonda
umumiy holesterin, erkin yog‘ kislotlari va fosfatidiletanolaminlarning
miqdori jigarda lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi). D-
gipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o‘zgarishlar
kuzatiladi. Taloqda va timusda parchalanishini
ortishi bilan uning
sintezi pasaygan. Shunday hollarda bolalar va kattalarda suyaklarning
demineralizatsiyasi yuz beradi, uncha kuchli bo‘lmagan ta’sirlar
suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Ca va P miqdori ortishi
hisobiga yumshoq to‘qimalarda Sa yig‘iladi va buyraklarda tosh hosil
bo‘ladi.
Vitamin D
2
prooksidant xususiyatiga ega bo‘lib
kislotalarini,
hujayra membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi.
Vitamin D yetishmasligining organizmdagi modda almashinuviga
salbiy ta’siri immun sistemada ham o‘z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: