Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

to’la tukliligi
deb ataladi. 
Chigitning to’la tukliligini aniqlash uchun, chigitdan o’rtacha namuna olib, uni 


24 
stol ustiga to’kiladi va yaxshilab aralashtirib so’ngra uni to’g’ri to’rtburchak 
(yuqoridagi rasmdagidek) shaklida tekis qilib yoyiladi. Shundan keyin uning 20 
joyidan og’irligi 1,5-1,6 gr dan chigit olinib, 30 gr dan ikkita o’rtacha namuna 
tuziladi. 
Shundan so’ng sopol idishga xlorid kislota to’ldirib qo’yiladi va 15-20 
daqiqadan (yangi idish bo’lsa 20-30 daqiqadan) keyin, ya’ni sopol idish kislotani 
shimib bo’lgandan so’ng idish bo’shatiladi. Shundan keyin 5 daqiqadan so’ng, sopol 
idish qurigandan keyin, unga tayyorlangan namunachalar zich qilinmasdan solinib
idishning og’zini oyna bilan yopib qo’yiladi. So’ngra harorati 120-130
0
C bo’lgan 
quritish shkafiga chigit eksikatorga solingan holda 30 daqiqa qoldiriladi.
30 daqiqadan so’ng quritilgan chigit eksikator bilan birga uy harorati 
darajasigacha quritiladi va pallalari shishadan qilingan tarozida 0,01 gr aniqlikda 
tortiladi. Xar qaysi chigit namunasini xaltachaga solib, 2-3 daqiqa davomida asta 
ishqalash yo’li bilan kislota ta’sirida kuygan tolalar va tuklar chigit sirtidan ajratiladi. 
Shundan so’ng xaltachadagi namunachani toza qog’oz ustiga to’kib, chigitdan va 
po’stloqlardan ajralgan tola hamda tuklar olinadi, so’ng yana tortiladi. Chigitni xlorid 
kislota bug’i bilan tahlil qilishda havosi tortib olinadigan shkafda ishlash kerak. 
Xlorid kislota bilan ishlangan chigit og’irligidan yalang’ochlangan chigit 
og’irligini ayirsak, tolachalar va tukchalar og’irligi kelib chiqadi. Chigitning tukliligi 
(U) esa quyidagi formula bo’yicha topiladi: 
U= 
(𝐺
𝑇1− 
𝐺 
𝑇2
)
𝐺
𝑇
x 1,06 
Bunda: G
T1
– kislota bilan ishlangan tolali va tukli chigitning og’irligi, gr. 
G
T2
– tuksizlantirilgan chigitning og’irligi, gr. 
1,06 – kislota bilan ishlashda tolacha va tukchalar yo’qotgan namlikni 
hisobga oluvchi koeffisient. 
G
T
– namunachaning dastlabki og’irligi, gr hisobida (ikkita namunacha 
og’irligining o’rtacha qiymati olinadi). 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin