3
Kirish
Bugungi kunda paxta xom ashyosidan olinadigan
mahsulotlar kundalik
hayotimizdan tashqari sanoatning turli tarmoqlarida ham keng foydalanilmoqda.
Yuqori sifatli tola olish uchun xo’jalikda g’o’zaning tezpisharligi, hosildorligi,
kasalliklarga, joyning tuproq-iqlim va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligi
bularning hammasi g’o’zaning eng maqbul seleksion
navlarini tanlash va ularni
oqilona joylashtirishga bog’liq.
Paxta tozalash sanoati uchun tola chiqishi,
uning chigitdan oson ajralishi,
pishiqligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Mazkur korxonalarda sifatli
mahsulot etishtirish hamda
ish unumdorligini oshirish, daromadni ko’paytirish
yuqoridagi omillarga bog’liq.
Hozirda, mamlakatimizda tayyorlanayotgan paxta tolasini 2020 yildan boshlab
100% o'zimizda qayta ishlab tayyor mahsulotni eksport qilish masalasi dolzab
hisoblanadi.
Dunyo bozorida tolaning oqligi, ifloslanish darajasi va ayniqsa,
mikroneyr ko’rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,8-4,9 dan
yuqori bo’lsa tola dag’al hisoblanadi va jahon bozorida raqobat qilaolmaydi. Dag’al
tolaning xarid narxi ham past bo’ladi. Paxta tolasiga
narx belgilashda asosiy va
maqbul ko’rsatkich 23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi.
Shunday ekan, tolaning sifatli bo’lishi nafaqat seleksioner olimlar va
etishtiruvchiga, balki uni qayta ishlovchi korxonalarning ishlarshi to’g’ri
tashkillashtirishiga hamda standart talablariga amal qilishlariga bog’liq bo’ladi.
Ya’ni, sifatli tola ishlab chiqarishda uning tabiiy sifat ko’rsatkichlari (uzunligi, rangi,
qalinligi, pishib etilganligi va h.k.)
bilan birga, paxtani qayta ishlashda to’g’ri
texnologik jarayon o’rnatish, unda ishlatiladigan dastgohlarning texnik holati alohida
ahamiyatga ega. Sifatli ta’mirlangan, ishchi organlarning harakat rejimlari,
texnologik oraliq masofalari to’g’ri o’rnatilib, yaxshilab
sozlangan dastgohlarning
texnologiyada ishlatilishi, sifatli mahsulot ishlab
chiqarishga kafolat beradi, deb
aytish mumkin.
To’qimachilik sanoati o’z rejasiga muvofiq muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega
bo’lgan paxta tolasiga buyurtma beradi. O’zbekiston Respublikasi Standarti (O’zRST
615-94) ga muvofiq topshirilgan paxtaning tolasi 9 ta (1
a
, 1
b
, 1, 2, 3 hamda 4, 5, 6, 7)
tipga, 5 ta sanoat naviga bo’linadi. Lekin, to’qimachilik sanoatining talabi asosan 5-
tip tolaga eng ko’p bo’lib, u qariyb etishtirilgan paxtaning 60 % ni tashkil etadi.
Sanoat talabiga mos tola etishtirish va uni sotishda jahon bozorida
raqobatlashaoladigan darajada tola sifatini oshirish omillari to’g’risida
etishib
chiquvchi mutaxassislarining bilimini mustahkamlash uchun ushbu uslubiy ko'rsatma
asosiy dastur bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: