22
4.
Chigitli paxtaga haq to`lanadigan og`rlikni izohlang?
7-Mavzu: Chigitning qoldiq tolaligini aniqlash (2-soat)
Darsning maqsadi:
o'rta va ingichka tolali chigitli paxtaning qoldiq tolaligini
aniqlash, ozod-birikmagan tolalar to’dasi va 6 mm dan uzun bo’lgan birikkan tolalar
to’dasini aniqlashni o'rganish.
Ikkita namuna bo’yicha 200 dona chigitdan ajratib olingan, uzunligi 6 mm dan
yuqori bo’lgan tolalarning gramm hisobidagi og’irligi
chigitning qoldiq tolaligi
deb
aytiladi.
Bundan tashqari chigit tarkibidagi ozod-birikmagan tolalar bo’lib, tahlil
vaqtida ular alohida ajratiladi. Tahlil uchun faqat butun chigitlar olinadi.
Tahlilga
olingan namunachalar 0,001 gr aniqlikda analitik tarozida tortiladi. Chigitning qoldiq
tolaligini aniqlash uchun 500 gr og’irlikdagi chigitning o’rtacha namunasini yupqa
qilib yoyib, uning 20 joyidan 20-25 donadan chigit olinadi.
Shundan keyin ularni
yaxshilab aralashtirib 200 donadan qilib ikkita namunacha tanlab ajratilib tortiladi.
Olingan chigitlarning har birini alohida ko’rib chiqilib,
avvalo birikmagan tolalari,
so’ngra birikkan tolalari qo’l bilan ajratiladi.
Tahlil tugagandan keyin ikki xil qiymat: a) ozod-birikmagan tolalar to’dasi va
b) 6 mm dan uzun bo’lgan birikkan tolalar to’dasi qiymati topiladi.
Chigitning qoldiq tolaligini topishda ikki namunadagi birikkan tolalar
qiymatining o’rtachasi olinadi.
Dostları ilə paylaş: