23
V - nav paxtada bundan kam ko’rsatkichda bo’lishi kerak.
Urug’lik chigitning tukliligini aniqlash -
linterdan chiqqan chigitlarda qolgan
qisqa tolalar yig’indisining chigit dastlabki og’irligiga nisbatan foyiz ifodasi urug’lik
chigitning
tukliligi
deb ataladi.
Urug’lik chigitning tukliligini aniqlash uchun o’rtacha namunadan ikkita kichik
namunalar olinadi. Buning uchun o’rtacha namunani aralashtirib to’g’ri to’rtburchak
shaklida stol ustiga tekis qilib yoyiladi va 20 joyidan 0,5 gr (taxminan 5
dona chigitga
to’g’ri keladi) dan jami 10 gr namuna olish kerak.
3-rasm.
Namuna olish tartibi.
Namunadagi chigitlar tortilgandan so’ng chigitda qolgan hamma qisqa tolalar
qo’l bilan ajratib olinadi. Tolalarni ajratishda chigitdagi tuk va tukchalarga tegmaslik
kerak.
Ajratib olingan tolalar 0,01 gr aniqlikda va natijani 10 ga ko’paytirib chigitning
tukliligi foyiz hisobida topiladi.
Agar ikki namunachadan olingan tolalar og’irligining farqi 0,01 gr (0,01 %)
dan ortiq bo’lsa, tahlil qaytadan takrorlanadi.
Tuklilik o’rtacha 0,1 % gacha yaxlitlanadi.
Urug’lik chigitning tuklilik darajasi me’yori quyidagicha bo’lishi kerak.
7-jadval
Urug’lik chigitning
tuklilik darajasi
Chigitdagi qolgan tolalar og’irligi, %
O’rta tolali g’o’za navi
uchun
Ingichka tolali g’o’za navi
uchun
Me’yorda
0,8 va
undan kam
0,4 va undan kam
Me’yordan ortiq
0,9 va undan ko’p
0,5 va undan ko’p
Chigitning to’la tukliligini xlorid kislota bug’ida ishlash yo’li bilan aniqlash –
jinlash va linterdan chiqqan chigitda qolgan tolalar va tuklar yig’indisi chigitning
Dostları ilə paylaş: