Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


PAXTA TOLASIDAN NAMUNA TANLAB OLISH VA SINASH UCHUN



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

PAXTA TOLASIDAN NAMUNA TANLAB OLISH VA SINASH UCHUN 
TAYYORLASH. 
Sinash uchun namunalar rangi va iflosligi bo'yicha tashqi ko'rinish namunalari 
bilan solishtirib, nuqtadan olinadigan namunalarning bir xilligi aniqlangandan so'ng 
tanlab olinadi. Agar paxta tolasining sifati nuqtalardan olingan turli namunalarda xar 


29 
xil bo'lsa, sinash uchun namunalar nuqtadan olingan bir xil namunalarning xar bir 
guruxidan aloxida tanlab olinadi. Nuqson va iflos aralashmalarning massaviy ulushi, 
xamda mikroneyr ko'rsatkichi uchun namuna, nuqtadan olingan namuna ikki 
tarafining xar xil joyidan olingan bir xil tutamdan tashkil topadi. Sinash uchun 
olingan namunalarning massasi va soni qo'llaniladigan sinash usuli bo'yicha 
belgilanadi. Paxta tolasining shtapel massa uzunligi, chiziqli zichligi, pishib 
yetilganligi va solishtirma uzilish kuchi ko'rsatkichlarini tekshirish uchun namuna
nuqtadan olingan namunalarning ikki tarafidan olinadi. Xammasi bo'lib, umumiy 
massasi 4-5 gr bo'lgan 16-20 tutam paxta tolasi olinadi.
 
Olingan qismdan nuqsonlar va iflos aralashmalar olib tashlanadi va uni to'rtta 
bo'lakka bo'ladi. Namuna piltasini tayyorlash uchun xar bir bo'lak ketma-ket PPL
asbobidan o'tkazilib, tortib tekislanadi. Birinchi, ikkinchi nav paxta tolalari tortib 
tekislash asbobi PPL dan kamida uch marta, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi nav 
paxta tolalari esa kamida besh marta o'tkaziladi. So'ngra xar bir pilta kundalang teng 
ikki bo'lakga bo'linadi. Xar bir piltaning bir bo'lagidan iborat to'rtta bo'lak ikkitadan 
ustma ust qo'yiladi va tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o'tkaziladi. Piltaning
qolgan bo'laklari tashlab yuboriladi. Yangi olingan ikki pilta xam yana ikkiga 
bo'linali. Xar bir piltaning bir bo'lagidan iborat ikki bo'lak ustma ust qo'yilib, yana 
tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o'tkaziladi. Piltaning qolgan bo'laklari 
tashlab yuboriladi . PPL asbobining tortib tekislovchi valiklar orasidagi masofa paxta 
tolasining uzunligiga qarab, 1- jadvalga muvofiq belgilanishi kerak. Namuna piltasi 
tarkibida tugunchalar va kombinoasiyalashgan tugunchalar bo'lmasligi kerak. 
Paxta tolasining klassifikator uzunligi, mm_PPL asbobining tortib tekislovchi 
valiklari orasidagi masofa, mm__26,1 gacha, Paxta tolasining uzunligi +3__26,2 dan 
– 32,1 gacha, Paxta tolasining uzunligi +4__32,2 va undan yuqori__Paxta tolasining 
uzunligi +5__ 
Yakuniy pilta tayyorlash uchun namuna piltasi bo'ylab massasi 190 – 200 mg 
bo'lgan qism ajratiladi, bu qism tolalarning chigallarini yozgan va tekislagan xolda 
sinchiklab tekshirilgan paxta tolalarining yaxshi parallellanishi maqsadida tortib 
tekislash asbobi PPL dan o'tkaziladi.
Olingan 175-180 mg massaga ega bo'lgan yakuniy piltaning kengligi 25 mm
dan oshmasligi kerak. 
- Paxta tolasini klassyor usulda va HVI sistemasida halqaro standartlar bo'yicha 
sinash uchun nuqtadan olingan namuna ishlatiladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin