Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

 
TOPSHIRIQ: 
S-6524 va Namangan-77 navining sanoat navini aniqlang? 
 
O`zlashtirish uchun savollar. 
1.
Chigitli paxta navi deganda nimani tushinasiz? 
2.
Tola navi deganda nimani tushinasiz? 
3.
Tola navini aniqlashda namuna qay tartibda tayyorlanadi? 
4.
Chigitli paxta navini aniqlashda namuna qay tartibda tayyorlanadi?
 
 
 
9-mavzu. Paxta tolasidan namuna tanlab olish usullari (2-soat) 
 
 
 
Darsning maqsadi: 
talabalarga paxta tolasida namuna olish tartibi va 
namunani o'lchashga tayyorlash, namuna olish usullari haqida ko'nikma hosil qilish. 
Nuqtadan olingan namuna – toylanmagan tola yoki toyning ma'lum joyidan bir 
paytda olingan paxta tolasi miqdori.
 
Birlashtirilgan namuna – nuqtadan olingan namunalarning yig'indisi. Sinash 
uchun namuna – nuqtadan olingan va belgilangan usulga oid sinash o'tkazish uchun 
tayyorlangan paxta tolasining miqdori . 
Nuqtadan olingan va birlashtirilgan namunalarni tanlab olish. 


28 
Toylanmagan paxta tolasining nuqtasidan olinadigan namunalarni paxta 
zavodlarida qo'l yoki namuna olgich bilan kondensor lotogidan tola qatlamining xar 
xil qalinlikdagi joylaridan toylanguncha yoki tolani toylash jarayonida olinadi. 
Nuktadan olingan namunaning massasi 100- 150 gr atrofida bo'ladi. Olingan 
paxta 
tolasining namunalari namligi saqlanadigan qilib, qopqog'i 
zich 
berkitiladigan 
idishlarga solinadi. 
Agar paxta tolasining namligini aniqlash mo'ljallanmagan bo'lsa, nuqtadan 
olinadigan namunalar boshqa qopqoqsiz idishlarga xam solinsa bo'ladi.
Toylangan paxta tolasi. - Toyning markalangan qismini buzmagan xolda 
qavariq tomonidagi ikki tasma oralig'idan o'rama mato kamida 20 –25 sm uzunlikda 
qirqiladi. Agar muayyan sharoitda mumkin bo'lsa, va ruxsat etilsa, namuna oson 
olinishi uchun bir yoki bir nechta tasma yechiladi. Paxta tolasining yuqori qatlamidan 
1-2 sm olib tashlanadi. Qo'l yordamida yengil o'rilib, massasi 100 gr bo'lgan, kengligi 
10-12 sm li qatlam ko'rinishida nuqtadan olinadigan namuna olinadi. Nuqtadan 
olingan namuna orasiga zavod kodi (lozim bo'lsa), to'da va toyning tartib raqami 
ko'rsatilgan yorliq qo'yiladi. Xar xil toylarning nuqtalaridan olingan namunalar
qatorlatib, o'rov qog'ozga bir qavat qilib qo'yiladi va xammasi bir o'ramga o'ralib, 
ustiga zavod kodi va to'da tartib raqami yoziladi.
Namlikni aniqlash uchun nuqtadan olinadigan namunalar qopqog'i zich 
bekitiladigan idishlarga solinadi . 
Paxta zavodlarida nuqtadan olinadigan namunalarni toyning qavariq tarafining 
chetidan (bo'rtgan joyidan) toylangandan so'ng olishga ruxsat etiladi. Bu xolda 
toyning o'rami buzilmaydi .
- Agar yetkazib berish shartining boshqa talablari aniqlanmagan bo'lsa, 
nuqtadan olinadigan namunaning soni va toylar bo'yicha taxlab olish tartibi Uz RST 
604 – 93 ga ko'ra bajariladi. 
- Birlashtirilgan namunaning massasi 1 kg dan kam bo'lmasligi kerak. 
Namlikni aniqlash uchun 200 gr dan kam bo'lmasligi kerak. Toylangan paxta 
tolalarining namligini aniqlashda kelishmovchilik kelib chiqsa, toylar to'liq ochilib 
ikkita birlashtirilgan namuna olinadi. 
Xar bir muljallangan toylarning o'rtasidan: birinchi - yuqori qavati olingandan 
so'ng, 3-5 sm chuqurlikda toy massasining 30 % dagi o'rtacha namlikni tavsiflaydigan, 
ikkinchisi – 20 sm chuqurlikda toy massasining 70 % dagi o'rtacha namlikni 
tavsiflaydigan namunalar nuqtalardan olinadi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin