28
Toylanmagan paxta tolasining nuqtasidan olinadigan
namunalarni paxta
zavodlarida qo'l yoki namuna olgich bilan kondensor lotogidan tola qatlamining xar
xil qalinlikdagi joylaridan toylanguncha yoki tolani toylash jarayonida olinadi.
Nuktadan olingan namunaning massasi 100- 150 gr atrofida bo'ladi. Olingan
paxta
tolasining namunalari namligi saqlanadigan qilib, qopqog'i
zich
berkitiladigan
idishlarga solinadi.
Agar paxta tolasining namligini aniqlash mo'ljallanmagan bo'lsa,
nuqtadan
olinadigan namunalar boshqa qopqoqsiz idishlarga xam solinsa bo'ladi.
Toylangan paxta tolasi. - Toyning markalangan qismini buzmagan xolda
qavariq tomonidagi ikki tasma oralig'idan o'rama mato kamida 20 –25 sm uzunlikda
qirqiladi. Agar muayyan sharoitda mumkin bo'lsa,
va ruxsat etilsa, namuna oson
olinishi uchun bir yoki bir nechta tasma yechiladi. Paxta tolasining yuqori qatlamidan
1-2 sm olib tashlanadi. Qo'l yordamida yengil o'rilib, massasi 100 gr bo'lgan, kengligi
10-12 sm li qatlam ko'rinishida nuqtadan olinadigan namuna olinadi.
Nuqtadan
olingan namuna orasiga zavod kodi (lozim bo'lsa), to'da va toyning tartib raqami
ko'rsatilgan yorliq qo'yiladi. Xar xil toylarning nuqtalaridan
olingan namunalar
qatorlatib, o'rov qog'ozga bir qavat qilib qo'yiladi va xammasi bir o'ramga o'ralib,
ustiga zavod kodi va to'da tartib raqami yoziladi.
Namlikni aniqlash uchun nuqtadan olinadigan namunalar qopqog'i zich
bekitiladigan idishlarga solinadi .
Paxta zavodlarida nuqtadan olinadigan namunalarni toyning qavariq tarafining
chetidan (bo'rtgan joyidan) toylangandan so'ng olishga ruxsat etiladi. Bu xolda
toyning o'rami buzilmaydi .
- Agar yetkazib berish shartining boshqa talablari aniqlanmagan bo'lsa,
nuqtadan olinadigan namunaning soni va toylar bo'yicha taxlab olish tartibi Uz RST
604 – 93 ga ko'ra bajariladi.
- Birlashtirilgan namunaning massasi 1 kg dan kam bo'lmasligi kerak.
Namlikni aniqlash uchun 200 gr dan kam bo'lmasligi kerak.
Toylangan paxta
tolalarining namligini aniqlashda kelishmovchilik kelib chiqsa, toylar to'liq
ochilib
ikkita birlashtirilgan namuna olinadi.
Xar bir muljallangan toylarning o'rtasidan: birinchi - yuqori qavati olingandan
so'ng, 3-5 sm chuqurlikda toy massasining 30 % dagi o'rtacha namlikni tavsiflaydigan,
ikkinchisi – 20 sm chuqurlikda toy massasining 70 % dagi o'rtacha
namlikni
tavsiflaydigan namunalar nuqtalardan olinadi.
Dostları ilə paylaş: