Varaqdagi joylashuv ikkilangan boʻlsa - oʻtmishga, rasmda ifodalangan
narsaga, yaʼni oʻz xatti-harakatlariga munosabat. Mustaqillikka va atrofidagilar
doirasidagi himoyaga nisbatan ikkilangan xohish. Markaziy pozitsiya - atrofdagilar
bilan murosa, muvozanatga erishish xohishi.
Chapdan oʻngga qarab joylashganlnk - tashqi dunyo, kelajakka
yoʻnalganlikning ortganligi. Avtoritetga tayanishga boʻlgan ehtiyoj; tashqi olam
bilan murosani izlash; xulq-atvordagi ikkilanish ham boʻlishi mumkin.
Barglar shakli Yumaloq shox barglar toʻplami - benihoya xursandlik, emotsionallik.
Barglardagi aylanalar - tinchlantiruvchi va ragʻbatlantiruvchi sezgilarni
izlash, tark etilganlik va umidsizlik hissi.
Shohlar pastga qaratilsa - mardlikning soʻnishi, harakatlardan voz kechish.
Shohlar tepaga qaratilsa - tashabbus, shiddat, hokimiyatga intilish.
Toʻrsimon barg, ancha-muncha zich boʻlsa - muammoli vaziyatlardan
qochishga boʻlgan epchillik.
Tarvaqaylab ketgan shoxlar - oʻz-oʻzini tasdiqlash, aloqa oʻrnatish
izlanishi, atrofga nisbatan sezuvchanlik, shoshmasho- sharlik.
Qiyshiq chiziqli barglar - atrofni ochiqchasiga qabul qilish, taʼsirchanlik.
Bir rasmda ham ochiq ham yopiq barglar - obyektivlikni izlash.
Yopiq yaproqlar - oʻzining ichki dunyosini bolalarcha himoyalash.
Yopiq zich yaproqlar - namoyon boʻlmaydigan tajovuzkorlik.
Yaproqlarning detallari yaxlit qilib birlashtirilmasa fikrlashda kam
ahamiyatli belgilarni yaxlit hodisa xarakteristikasi deb qabul qilish.
Shoxlar poyaning bitta qismidan chiqqan boʻlsa - 7 yoshli bola uchun
norma hisoblanadigan himoya izlashning bolalarga xos usuli.
Shoxlar bitta yoʻnalishda chizilsa - voqelikdagi yoqimsiz narsalardan
qochish, uni oʻzgartirish va bezash.