“UY, DARAXT, ODAM” METODIKASI
Ushbu metodika katgalar bilan bir qatorda bolalarni ham oʻrganish
uchun
moʻljallangan boʻlib, uni individual va guruh tarzida oʻtkazish mumkin.
Metodikaning mohiyati quyidagicha: tekshiriluvchiga uy, daraxt va inson rasmini
chizish taklif qilinadi. Soʻng ishlab chiqilgan reja boʻyicha suhbat oʻtkaziladi.
R.Berne ushbu testni qoʻllashda bir rasmda daraxt. uy va insonni tasvirlashni
taklif qiladi. Bunda uy, daraxt va insonning oʻzaro taʼsiri koʻrish obrazini tashkil
qiladi, deb hisoblanadi. Agar rasmni harakatga keltirsak, u haqiqatan ham bizning,
hayotimizda sodir boʻlayotganligini sezish mumkin.
Uy, daraxg va inson rasmining chizilish tartibi testni tavsiflash usuli sifatida
qaraladi. Agar daraxt rasmi birinchi boʻlib chizilgan boʻlsa,
bunda inson uchun
asosiy boʻlgan narsa - hayotiy energiya (quvvat), agar uy birinchi navbatda
chizilgan boʻlsa, birinchi oʻrinda inson uchun xavfsizlik,
muvaffakiyat yoki bu
tushunchalarning rad etilishi turadi.
Testdagi belgshshr tavsifi Uy
Eski, qulab tushayotgan uy - baʼzida subyekt oʻziga boʻlgan munosabatni shu
tarzda ifodalashi mumkin.
Uzokdagi uy - rad qilinish tuygʻusi.
Yaqindagi uy - ochiqlik, iliqlik va mehmondoʻstlik hissi. Uyning oʻrniga
uning plani rasmi chizilgan boʻlsa - jiddiy nizo. Turli qurilmalar uyning haqiqiy
sohibiga nisbatan agressiyaning mavjudligi. Devorga koʻtarilayotgan zina
(eshiksiz) - voqelikni toʻgri baholashga zarar yetkazuvchi
nizoli vaziyatning aks
ettirilishi.
Devorlar
Orqa devorning odatdagidek boʻlmagan tarzda tasvirlanishi oʻz-oʻzini nazorat
qilishga ongli ravishda harakat qilish, kelishuvlarga moslashish,
shu bilan birga
kuchli dushmanlikka moyillik.
Boshka detallarga nisbatan orqa devor konturlarining sezilarli tarzda qalinroq,
yorqinroq chizilishi - subyekt voqelik bilan aloqani saqlab qolishga intiladi. Devor
va uning asosi mavjud emasligi voqelik bilan aloqaning zaifligi. Devor asosi
konturlarining boʻrttirib koʻrsatilishi - subyekt tashvish, qiyinchilikni his qiladi va
nizolarni bartaraf qilishga intiladi.
Gorizontal oʻlchovlari boʻrttirilgan devor - vaqtida notoʻgri oriyentirovka
qilish (yo oʻtmishning, yo kelajakning ustunligi),
subyektning bosimga juda
sezuvchanligi. Devorning yon konturlari juda ingichka va adekvat emasligi -
falokat xavfini his qilish; chiziq konturlari juda boʻrttirilgan,
devorning faqat bir
tomoni tasvirlansa va agar bu devor yon tarafi boʻlsa, kelishmovchilik va ajralib
qolish kabilarga jiddiy moyillik mavjud. Devor aniq - ravshan tasvirlansa - imkon
boricha vazi- yatga taʼsir qilish ehtiyoji, anglanmagan mayllar.