Uy, daraxt, odam


Qora rang - tortinchoqlik, choʻchishlik.  Yashil rang



Yüklə 451,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix27.12.2023
ölçüsü451,82 Kb.
#200755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
“UY, DARAXT, ODAM” METODIKASI

Qora rang
- tortinchoqlik, choʻchishlik. 
Yashil rang
- xavfsizlik hissiga ehtiyoj, oʻzini xavfdan asrash. Bunda daraxt 
barglari va uy tomi yashil rangda boʻlishi unchalik ahamiyatga ega emas. 
Toʻq sariq (zargʻaldoq) rang
- sezuvchanlik va dushmanlik kombinatsiyasi. 
Toʻq qizil rang
- hokimiyatga kuchli intilish ehtiyoji. 
Qizil rang
- kuchli sezuvchanlik. Atrofdagilardan iliqlik sezish ehtiyoji. 
Sariq rang
- kuchli dushmanchilikning belgisi. 
Umumiy koʻrinish 
Rasm varaqning chetiga joylashgan boʻlsa
— xavfsirash, ishonchsizlik 
hissi. Koʻpincha bunday joylashish muayyan vaqtni bildiradi: 
a) 
oʻng tomon – kelajak, chap – oʻtmish; 
b) 
xona yoki unda doimiy yashovchilarni oldindan belgilab qoʻyilishi 
bilan bogʻliq. 
v) kechinmalar mohiyatini koʻrsatadi: chap tomon – emotsional, oʻng tomon 
– intellektual. 
Manzara 
Pastdan yuqoriga nazar tashlash - subyektning inkor etilganligi, chetga surib 
koʻyilganlik, uyda tan olinmaganlik yoki subyekt oʻz uyiga nisbatan ehtiyoj sezadi 
va bunga erishish imkoniyati yoʻq deb hisoblaydi. 
Manzara, rasm uzoqda aks ettirilgan boʻlsa konvensional jamiyatdan chetga 
chiqish istagi, ajralib qolish, rad etilish hissi. Agar individ uyning bir uchini toʻgʻri 
chizib, boshqa tarafida tom va devorning vertikal chiziqlarini aks ettirsa


kelajakdan choʻchish (oʻng taraf) yoki oʻtmishni unutish istagi (chap tomon)ni 
bildiradi. 
Uch yoqlama manzara (subyekt 4 ta alohida devor rasmini chizsa) - bu 
atrofdagilarniig oʻzi haqidagi fikrlari toʻgʻrisidi haddan ortiq qaygʻurishini 
bildiradi. 
Rasmning joylashtirilishi 
Rasmning varaqning markazidan tepada joylashtirilganligi.
Rasm 
qanchalik koʻp markazning tepasida boʻlsa, u holda shunchalik quyidagilar 
ehtimoli ortadi: 
1)
subyekt oʻz maksadiga erishishda qiyinchilik his qiladi; 
2)
subyekt xayolida qonikish hosil qilishni yoqtiradi (ichki zoʻriqish); 
3)
subyekt chetda turishga moyil. 

Yüklə 451,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin