Ob-havo
(Qanday ob-havo tasvirlanganligi) subyektning muhit bilan bogʻliq
kechinmalarini aks ettiradi. Qanchalik ob- havo yaxshi tasvirlangan boʻlsa,
subyekt shunchalik muhitni dushmanchilik sifatida idrok etadi.
Rang
Yashil rang tom uchun, jigarrang –
devor uchun, sariq - agar uy ichidagi
yorugʻlikni aks ettirish uchun qoʻllanilsa, tun yoki uning yaqinlashayotganligi aks
ettirilsa subyektning quyidagi hissiyotlarini ifodalaydi:
1)
muhitning unga nisbatan agressiv dushmanligi.
2)
uning harakatlari yashiringan holda boʻlishi.
Qoʻllanilgan ranglarning miqdori. Yaxshi moslashgan, biroq,
tortinchoq, emotsional subyekt odatda ikkitadan kam yoki beshtadan koʻp
rang ishlatmaydi.
Uyni 7-8 rangga boʻyovchi subyekt juda labil hisoblanadi.
Faqat bitta rang
qoʻllanilsa, bu subyektning emotsional qoʻzgʻalishdan qoʻrqishini bildiradi.
Rangni tanlash
Subyekt rangni qanchalik uzoq, ishonchsizlik
va qiyinlik bilan tanlasa,
shaxsdagi buzilishlar ehtimoli shunchalik koʻp boʻladi.
Dostları ilə paylaş: