Assotsiatsiyalar xonada yashovchi odam
va xonadagi shaxslararo
munosabatlar tufayli hosil boʻlishi hamda ijobiy (pozitiv) yoki salbiy (negativ)
emotsional tusga ega boʻlishi mumkin.
Varaqqa sigʻmagan holda tasvirlangai xona - subyektning xonadagi noxush
assotsiatsiyalar yoki unda yashovchilar bilan yaxshi munosabatlar yoʻqligi sababli
muayyan xonalar rasmini tasvirlashni istamaslik boʻlishi mumkin. Subyektning
yaqin xonani tanlashi - badgumonlik.
Vannaxona
Vannaxona sanitarlik vazifasini bajaradi. Agar vannaxona
katta tasvirlangan
boʻlsa bu vazifalarning buzilishi toʻgʻrisida gapirish mumkin.
Quvur
Quvurning mavjud emasligi - subyekt uyda psixologik iliqlikning
yetishmasligini his qiladi. Quvur deyarli koʻrinmasa, emotsional taʼsirotlarni
istamaslik.
Tomga nisbatan quvur qiyshiq chizilgan boʻlsa, bola uchun norma: kattalarda
kuzatilsa bu kuchli agressiya, suv oqadigan kuvur
kuchli himoya va odatda
badgumonlik.
Vodoprovod quvuri kuchli himoyalanish ustanovkasi va odatda yuqori
darajadagi badgumonlik.
Dostları ilə paylaş: