Kichkina yelka - oʻzining arzimas, ahamiyatsiz ekanligini his qilish.
Yelka juda ham qoʻpol boʻlsa - haddan ziyod ehtiyotkorlik, himoya belgisi.
Qiyalama yelka - tushkunlik, afsuslanish, aybdorlik hissi, hayotiylikning
yetishmasligi.
Keng yelka - kuchli tana impulslari.
Tana - mardlik belgisi.
Tananing qoʻpol yoki kvadratsimonligi - mardlikni ifodalaydi.
Tana juda ham katta boʻlsa - subyektning qondirilmagan, oʻtkir
anglaniladigan ehtiyojlarining mavjudligi.
Normal boʻlmagan kichik tana - kam ahamiyatlilik, kamsitilish hissi.
Yuz Yuz tuzilishi burun, ogʻiz, kuloq, koʻzdan iborat. Bular tashqi stimul
retseptorlari - voqelik bilan sensor aloqa qilish.
Yuz ajratnb koʻrsatilsa - oʻzining tashqi qiyofasi, boshqalar bilan
munosabatlari toʻgʻrisida kuchli qaygʻurish.
Engak (iyak) juda ham ajratib koʻrsatilsa - ustunlik qilish ehtiyoji.
Engak juda katta tasvirlansa - his qilinadigan ojizlik va qatʼiyatsizlikni
kompensatsiya qilish.
Quloqlar juda ham ajratib koʻrsatilsa - eshitish gallyutsinatsiyalari. Bu
tanqidga nisbatan sezgir kishilarda uchraydi.
Kichkina quloqlar - hech qanday tanqidni qabul qilmaslikka, unga beparvo
boʻlishga intilish.
Yumilgan yoki shlyapa ostiga yashiringan koʻzlar - noxush vizual
(koʻrish) taʼsirlardan qochishga kuchli intilish.
Koʻzlarni boʻsh turgan koʻz kosasi sifatnda ifodalanganligi - vizual
taʼsirlardan qochishga kuchli intilish. Dushmanlik.
Chaqchaygan koʻzlar - qoʻpollik, dagʻallik.
Kichkina koʻzlar - oʻz ichki dunyosiga ketganlik.
Uzun kipriklar - tannozlik, oʻzini namoyish qilishga, boshqalarning havasini
keltirishga moyillik.