Uy, daraxt, odam


Rasmning varaqni qoq oʻrtasida joylashishi -



Yüklə 451,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix27.12.2023
ölçüsü451,82 Kb.
#200755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
“UY, DARAXT, ODAM” METODIKASI

Rasmning varaqni qoq oʻrtasida joylashishi -
rigidlik va himoyasizlik 
hamda psixik muvozanatni saqlash uchun nazorat qilish ehtiyoji. 
Rasmni varaq markazidan pastga joylashtirish.
Varaq markaziga nisbatan 
rasm qanchalik pastda joylashgan boʻlsa, shunchalik: 
1)
subyekt oʻzini noqulay va himoyasiz his qiladi, bu esa unda depressiv 
kayfiyatni tugʻdiradi; 
2)
subyekt oʻzini cheklangandek his qiladi. 
Rasm varaqning chap tomonida joylashtirilganligi - oʻtmishga urgʻu berish, 
impulsivlik.
 
Rasm varaqning chap burchagida joylashsa -
yangi kechinmalardan 
qochishga moyillik. Oʻtmishga qochish yoki xayolotga berilish xohishi. 
Rasm varaqning oʻng tarafida joylashsa -
subyekt intellektual sohada 
huzurlanish izlashga moyil. Xulq-atvor nazorat qilib turiladi. Kelajakka urgʻu 
berish kuzatiladi. 
Rasm varaqning chap chekka qismidan tashqariga chiqsa - 
oʻtmishni 
mustahkamlash va kelajakdan choʻchish. Erkin, ochiq emotsional kechinmalar 
haqida haddan ziyod qaygʻurish. 
Rasm varaqning oʻng chetidan tashqariga chiqsa -
oʻtmishdan uzoqlashish 
uchun kelajakka ―qochish‖ xohishi, ochiq, erkin kechinmalardan qoʻrqish. Qattiq 
nazoratni saqlashga intilish. 
Varaqning tepa chekka qismidan tashqariga chiqish -
subyekt haqiqiy 
hayotda boshdan kechirmaydigan, huzurlanish manbai sifatidagi fantaziya va 
tafakkurga yoʻnalgan. 


 “Uy” testida rasmlarni qayta ishlash sxemasi 
 
“Odam” 
Bosh
- intellekt (nazorat) sohasi. Xayol sohasi. 
Katta bosh
- inson faoliyatida tafakkurning ahamiyatiga qatʼiy ishonishni 
ongsiz ravishda taʼkidlash. 
Kichik bosh
- intellektual noadekvatlikni his qilish. 

Yüklə 451,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin