115
2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan
O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr
boshlandi. Shu yilning o‘zida Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston
davlatlariga O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashriflari amalga oshirildi.
2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga
oshirildi. Bundan tashqari, 2017-yil Samarqandda BMT homiyligida
«Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va
taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusida anjuman bo‘ldi. Unda 500 nafar
xorijiy ishtirokchilar qatnashdi.
Dostları ilə paylaş: