O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston – Qozog‘iston



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/106
tarix28.12.2023
ölçüsü3,42 Kb.
#200899
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston – Qozog‘iston. 
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki 
tomonlama munosabatlari 1992-yil iyunda Turkiston shahrida O‘zbekiston 
Prezidentining Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev 
bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan 
Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi 
shartnoma asosida mustahkamlanib bordi. Qozog‘iston Prezidenti N.Nazar-
boyev 1994-yil yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘l-
di. Ikki Prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xiz-
matlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda 
tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob – kitob, byudjet, soliq,
narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnomani 
imzoladilar. 1998-yil oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 
abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston 
Prezidentlarining Toshkentda 2000-yil bo‘lgan uchrashuvida ikki 
davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi 
bo‘ldi. Muzokaralar yakunida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Qozog‘iston Respublikasi Prezi-dentining qo‘shma bayonoti» imzolandi.
2001-yil O‘zbekiston Prezident I.Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog‘is-
tonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat 
chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi O‘zbe-
kistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi chegaraning 96 % belgilab olindi. 
Qolgan qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 2002-yil 
Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O‘zbekiston – Qozog‘iston 
davlat chegaralarining alohida uchastkalari to‘g‘risida bitim» imzolandi va 
ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan 


116
o‘z yechimini topdi. Qozog‘iston 
O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyo-
dagi muhim hamkorlardan biri hisob-
lanadi. 2013-yil imzolangan O‘zbe-
kiston Respublikasi bilan Qozog‘iston 
Respublikasi o‘rtasida Strategik she-
riklik to‘g‘risidagi shartnoma ham 
o‘ta muhim hujjatlar sirasiga kiradi. 
2014-yil O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov rasmiy 
tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi. 2017-yil iyunda 
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammiti munosabati bilan, 
Sh.Mirziyoyev Qozog‘istonda bo‘ldi. 2017-yil sentabrda Qozog‘iston 
Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. 
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha 
qator hujjatlar imzolandi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni 
«El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi.
Sh. Mirziyoyev N. Nazarboyevga “El-
yurt hurmati” ordenini topshirmoqda.
Yodda tuting
!
Hozirda Qozog‘istonda 550 mingga yaqin o‘zbek, O‘zbekistonda esa 
bir millionga yaqin qozoq istiqomat qilayotganligi uchun ham madaniy 
aloqalarga katta e’tibor berildi. 2017-yil Qozog‘iston Prezidentining 
O‘zbekistonga tashrifi paytida 2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili 
va 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi belgilandi.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin