112
yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq edi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat
tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining
1992-yil may oyidagi «O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi
faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi qarori va 1994-yil mart oyida
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlari asosida shakllantirildi. 1996-yil
«O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari
to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
2012-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy
faoliyati konsepsiyasi» e’lon qilindi. O‘zbekiston
Respublikasining Tashqi
siyosiy faoliyati konsepsiyasi – bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va
strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini,
istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini
belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.
Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor
qaratilgan va «O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa
bilan bog‘liq» ekanligi rasman e’tirof etilgan.
Unda Markaziy Osiyo
o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining
ulkan zahiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e’tibor
ob’yektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga
aylanib borayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari
tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro
raqobat inobatga olinib,
«Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi
davlatlarning o‘zlari tomonidan yechilmog‘i zarur», degan fi kr bayon etilgan.
Konsepsiyada O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy
bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy
Dostları ilə paylaş: