113
blokka
aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi
ta’kidlandi.
Tashqi siyosat tamoyillari.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qat’i
nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga,
tinchlik
va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va
chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik; nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik va kuch
bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari
va erkinliklarini hurmatlash; ichki
milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning,
xalqning oliy
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar
tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor
harbiy bloklar
va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng
huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
tashqi
aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan
uzoqlashmaslik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
Savol va topshiriqlar
:
1. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. O‘zbekistonning geosiyosiy holati
Qulay
Noqulay
2. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, 2018-yil yanvarda Shavkat Mir-
ziyoyevning O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchra-
shuvi va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha ma’lumot to‘plang.
Yodda tuting
!
Konsepsiyada quyidagi qoidalar muhrlab qo‘yildi: “O‘zbekiston
o‘zini qo‘shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish
maqsadida tegishli choralarni ko‘radi; o‘z hududida xorijiy davlatlarning
harbiy bazalari va ob’yektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; O‘zbe-
kiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik
operatsiyalarida ishtirok etmaydi”.
?
114
3. O‘zbekiston tashqi siyosatining tamoyillarini sanab bering.
4.
O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi»da
Markaziy Osiyo mintaqasi masalasida nima deyilgan?
Dostları ilə paylaş: