110
– ilmiy va diplomatik aloqalar yo‘li bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston
hududidan o‘tgan. Hozirda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch
okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar
Markaziy Osiyodan, uning
markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi; Markaziy Osiyoning mar-
kazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geografik holatidan kelib chiqib,
mazkur mintaqada kuchlar nisbati
va muvozanatini saqlash, iqtisodiy
integratsiya jarayonini rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni
mustahkamlash imkoniyatiga ega. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni dav-
latlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onis-
ton o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda. O‘zbekiston
o‘zining joylashuviga ko‘ra Markaziy Osiyoning transport, energetika, kom-
munikatsiya, suv tizimi markazida joylashgan. Tabiiy iqlim sharoiti
qulay, ulkan mineral – xomashyo zaxiralari
va strategik materiallarga
ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’min-
lashga qodir. O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay,
ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston Respublikasining yer-
ostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud.
Mazkur imkoniyatlar orqali O‘zbekiston geosiyosiy joylashuvini
noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmaydi, Shu jihatdan O‘zbekiston
Respublikasiga qiyinchiliklar tug‘diruvchi quyidagi omillar ham mavjud:
Markaziy Osiy xaritasi.
KAZAKSTAN
Uzbekiston
Turkmaniston
EROQ
IROQ
CHINA
Pokiston
Qirg‘iziston
Tojikiston
111
O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi
va Tarim havzasining neft
va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida
joylashgan. Shuning uchun bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi
sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari
o‘zaro to‘qnashmoqda. Dunyodagi kuchli
davlatlar mazkur mintaqada
o‘z manfaatlarini izlamoqda. Shu bilan birga O‘zbekiston mintaqadagi
etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan
rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan
Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. O‘zbekiston
bevosita
dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda
joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qora dengiz,
Boltiq dengizi, Yapon
dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb
3 ming kilometrni tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma
daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan
ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan,
uning suv
resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham
mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir.
Dostları ilə paylaş: