Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

 
Baliqchilik 
Frantsiya qirg'oqlari va juda ko'plab portlariga qaramasdan mamlakatda 
baliqchilik sanoati nisbatan past darajada takomillashgan. 1970 yillarning 
o'rtalaridan boshlab yillik o'rtacha 700 ming tonna baliq tutilgan bo'lib, XXI asrga 
kelib, 16.500dan kamroq baliqchilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Sektorning to‘siqlari 
sifatida 
parchalanish 
xarakteriga 
va 
qayiq 
hamda 
port 
ob'ektlarini 
modernizatsiyalashga, shuningdek, ovchilik, suvning ifloslanishi kabi dolzarb 
muammolarga bog'liq bo‘ldi. Faoliyat hozirgi vaqtda Nord-Pas-de-Calais portidagi 
Boulogne portida va Brittanydagi portlar ichida Concarneau, Lorient hamda Le 
Guilvinic kabi portlarda keng qamrovli baliqchilik markazlari mavjud. Frantsiya
dengiz mahsulotlari yetishtirish bilan mashhur bo'lib, so'nggi yillarda g'arbiy 
Frantsiyaning qirg'oq suv hududlari bo'ylab juda faollashmoqda. Maren-Oleronda 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 145 - 
joylashgan oyster yotoqlari, ayniqsa, janubi-g'arbiy qismidagi qisqichbaqalar, pronz 
eng yuqori delikates taomlar sifatida qadrlanadi
61
.
2018 yilning ikkinchi choragida Frantsiyada qishloq xo'jaligidan olinadigan 
YaIM darajasi 7,8 mlrd.yevroni tashkil etadi. 2018 yilning ikkinchi choragida bu 
ko‘rsatkich 7,7 mlrd. yevroni tashkil etib, bir munchaga pasaydi. Frantsiyada 
qishloq xo'jaligi yalpi miqdor1950 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda o'rtacha 8,6 
mlrd. yevroga yetgan. 1951 yilning uchinchi choragida esa, bu ko‘rsatkich rekord 
darajaga yetib 2,16 mlrd. yevroni tashkil etgan. 
2.4.4. Tabiiy reseurslar va Energetika
Mamlakat energiya resurslari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ko'mir 
zahiralari taxminan 140 million tonnagacha baholanib, sifati juda yuqori bo'lgan. 
1958 yilda yillik ishlab chiqarish 60 million tonnaga yetdi. 40 yil o'tgach bu jami 6 
million tonnagacha kamayib, 2004 yilda esa oxirgi ko'mir koni yopildi. Import 
qilingan ko'mir uzoq vaqt davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
o'zlashtirdi. Import asosan Avstraliya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Janubiy Afrika 
Respublikasi va Germaniyadan keladi. 1957 yilda Fransiyaning janubi-g'arbida 
(Lacq yaqinida) tabiiy gaz topilgan bo‘lib aholi iste‘moli uchun qazib olindi. 1978 
yilda zahiralar tugaganidan keyin sezilarli darajada kon zaiflasha boshladi. 1990 
yillar oxiriga kelib, sanoat ishlab chiqarish asosan Shimoliy dengiz nududlarida
(Norvegiya va Niderlandiya), Jazoir va Rossiyadan yuqori darajadagi gaz importini 
talab qiladigan darajada ahamiyatsiz edi. Frantsiyada bir nechta neft zaxiralari 
mavjud va Akvitamin hamda Parij havzasidagi quduqlardan qazib olish juda 
cheklangan.
Uran juda katta hajmda boyitilib, Frantsiyaning keng ko'lamli gidroelektr 
manbai bilan ta'minlaydigan tog'li hududlardan oqib tushayotgan tezkor daryolardan 
ancha yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ta‘minlab beradi.
61
61
 https://www.britannica.com/place/France/Agriculture-forestry-and-fishing 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin