XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 193 -
yilning fevral oyida 9,2 ming kishi bilan 837,8 ming kishiga yetdi. Bu o'tgan oyga
nisbatan 1,6 ming kishiga kamaygan.Birlashgan Qirollikdagi ishsizlar 1971
yildan
2018 yilgacha o'rtacha 1,533.33 mln. kishini tashkil qilib, 1986 yil iyul oyida 3,090
mln. kishidan yuqori bo'lgan. 1973 yilning dekabr oyida bu ko‘rsatkich 422,60
ming kishi bilan rekord ko'rsatkichga ega bo'lgan.
2.5.9. Soliq tizimi
Birlashgan Qirollikda soliqqa tortish kamida ikki
turdagi hukumat darajasida
to'lovlarni o'z ichiga oladi: mahalliy boshqaruv va markaziy hukumat (HM Revenue
& Customs). Mahalliy davlat boshqaruvi markaziy hukumat mablag'lari, ish
stavkalari, kengash badallari va qo'shimcha ravishda haq to'lash hamda ko'chma
avtoulovlarda to'lovlar bilan ta'minlanadi. Markaziy
boshqaruvning tushumlari
asosan, daromad solig'i, milliy sug'urta to'lovlari, qo'shilgan qiymat solig'i,
korporativ soliq va yoqilg'i solig'idan kelib chiqadi. Birlashgan Qirollikdagi
tashkilotlar solig'i stavkasi 19 foizni tashkil etadi. 1981 yildan 2018
yil vaqt
oralig‘ida bu soliq o'rtacha 31.61 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1982 yilda 52 foizni
tashkil etgan. 2017 yilda rekord darajadagi 19 foizni tashkil etdi.
Birlashgan
Qirollikdagi shaxsiy daromad solig'i stavkasi 45 foizni tashkil etadi. Birlashgan
Qirollikda shaxsiy daromad solig'i stavkasi 1995 yilda 2018 yilga nisbatan 42,50
foizni tashkil etdi. Bu esa 2010 yilda 50 foizdan yuqori bo‘lib 1996 yilda 40 foizni
tashkil etgan.
Dostları ilə paylaş: