Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Tadqiqotning obyekti
sifatida Oliy oʻquv yurtlarida predmetga 
yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitish jarayoni belgilandi va tajriba-sinov 
ishlarida Namangan, Fargʻona, Andijon davlat universitetlarining 538 ta bakalavr 
va magistrlari respondent sifatida ishtirok etdilar.
 
Tadqiqotning predmeti
Python tili misolida predmetga yoʻnaltirilgan 
dasturlash tillarini oʻqitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning 
uslubiyoti, mazmuni, shakl, metod va vositalaridan iborat. 
Tadqiqotning metodologik asoslarini 
muammoga oid ilmiy, uslubiy, 
pedagogik - psixologik adabiyotlar tahlili; test sinovlari; qiyosiy tahlil, pedagogik 
kuzatuv, suhbat, tashxislash, bashoratlash, pedagogik tajriba-sinov, taqqoslash
ekspert baholash, umumlashtirish, ma’lumotlarga statistik ishlov berish usullari. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jahonda va respublikamizda dasturlash tillarining rivojlanishi va ularni 
oʻqitish tendensiyalari boʻyicha tarixiy ma’lumotlar umumlashtirilgan hamda 
dasturlash paradigmalarining vazifalari va farqlari qiyoslangan; 
oliy oʻquv yurtlarida dasturlashning zamonaviy paradigmasi sifatida 
predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish tizimiga oʻtish zarurati hamda 
Python dasturlash tilini bunday til sifatida tanlash sabablari asoslab berilgan;
oliy oʻquv yurtlarida dasturlash tillarini oʻqitishning maqsad va vazifalari, 
ta’lim sifatini baholashning mezon va taksonomiyalari hamda ta’lim jarayoni 
sifatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan psixologik omillar predmetga 
yoʻnaltirilgan dasturlash tillariga moslashtirilgan; 


28 
ta’lim yoʻnalishlarining oʻziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
dasturlash tillarini predmetga yoʻnaltirilganlik nuqtai-nazardan oʻqitish jarayonida 
foydalanish uchun Python tilining ichki va tashqi modullari klassifikatsiyasi hamda 
Python dasturlash tili misolida oʻqitishning mazmuni takomillashtirilgan; 
ta’lim texnologiyasi hamda loyihaviy algoritm tushunchalarining yangicha 
talqini taklif qilingan, dasturlash tillarini oʻqitish jarayonida qoʻllash mumkin 
boʻlgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining pedagogik-psixologik imkoniyatlari 
aniqlashtirilgan, predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish jarayonida 
bulutli va loyihaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyoti 
takomillashtirilgan hamda mavzu yuzasidan tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar 
ishlab chiqilgan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin