Robototexnika sohasi
Ma’lumki,
«robot»
so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan.
Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek
ishlatgan.Ammo «mexanik odamlar» undan oldinroq ham ma’lum edi.O’rta asrlarda
inson iste’dodlariga ega bo’lgan musiqachi-qo’g’irchoq yoki rassom-qo’g’irchoqlar
paydo bo’lganligi ma’lum.Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir
va zararli
mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi.Ular garchi odam qiyofasida
bo’lmasa-da, ko’plab funktsiyalarni (ishlarni) bajara oladilar.Masalan, uzdaewoo
avto uzbekiston — koreya qo’shma avtomobil’
korxonasida turli ishlarni
bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida,po’lat qo’yish
sexlarida,
himiyaviy laboratoriyalarda,qurilishda keng qo’llanilmoqda.Robotlarni
yaratish
bilan shug’ullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi-robototexnika paydo
bo’ldi.Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir.
Manipulyatorlar
— o’ta sezgir va kuchli mehanik qo’ldir.Robotlarni
kompyuter
boshqarib turadi,ya’ni kompyuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali
«ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya’ni axborot qabul qiladilar.
Maxsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini o’taydi.Ishlab chiqarish sohasi.Ishlab
chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmoqda.
Kompyuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda.Ular yordamida
yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga
qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar
yasab,qog’ozga chop etishi mumkin.Maxsulotni ishlab
chiqarish uchun kerakli
barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-harajatlarni
hisob-kitob
qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham kompyuter beg’araz yordamchidir.
Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish
liniyalariga yetkaziladi.U yerda axborotni qabul qilishga
tayyor turgan robotlar
kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig’a boshlaydi.Tayyor mahsulotlar
esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi.