1-Mavzu: Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. Reja: 1



Yüklə 76,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü76,08 Kb.
#201590
1   2   3   4   5   6   7   8
Xorijiy 
mutaxassislar 
Texnik 
tizimlarda 
axborot 
texnologiyalari 
rivojlanishiing beshta asosiy tendentsiyasini ajratib ko’rsatadi: 
1.Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi.
Axborot vositasi ko’rinishidagi 
axborot mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi stategik 
ahamiyat kasb eta boradi.Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot 
mahsulotlari eshitish,ko’rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko’ra 
ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni yetkazib berish 
vositasi mavjud bo’ladi. 
2.Birgalikda harakat qilish qobiliyati
.Axborot mahsulotining ahamiyati oshib 
borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari 
o’rtasida ideal tarzda almashuvini o’tkazish imkoniyati ilg’or texnologik muammo 
kasb etadi. 
3.Oraliq bo’g’inlarni tugatish.
Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi 
axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga,so’ngra,axborot 
manbai yo’lidan iste’molchiga qarab oraliq bo’g’inlar tugatiladi. 
4.Globallashtirish
.Tashkilot yo’ldosh aloqa va Internet tarmog’ida foydalanib 
texnik tizimlarda axborot texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan 
paytda ish olib borish mumkin. 
5.Konvergentsiya (uyg’unlashish).
Konvergentsiya AT ning zamonaviy rivojlanish 
jarayonining oxirigi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi.Bunda mahsulotlar va 
xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni 
uzatish kabi ish rejimlari o’rtisidagi farq yo’qoladi. 
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon 
axborot texnologiyasi deb ataladi.
Axborot texnologiyasi
– axborotni to’plash, 
saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami 
uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. 
Multemediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT 
ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini 
beradi.Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji,kasbiy belgilash va “oyoqqa 
turish”dagi ahamiyati 
yaqqol
sezilib turibdi.Multemediyali texnik vositalarga ega 
bo’lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan 
foydalana oladi.Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida murojaatlarni 
tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni 
osonlashtiradi.Gipermediya 
tizimlari 
faqat 
matnni 
emas,balki 
tasvirni, 
raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o’zaro bog’lash 
imkonini beradi.Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo’llanmalari, 


spravochniklarni,kitoblarni,ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar 
yordamida tarqatish imkonini beradi. 
Bu terminalogiyaga mos holda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv 
jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish 
usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa bo’ladi.TATda qo’llaniladigan elektron 
vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat,dasturiy va 
axborot komponentlari kiradi. 
Axborot
- kommunikatsiya texnologiyalari – bu hususiy, umumiy va ishlab 
chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va eltib berish 
bilan bog’liq bo’lgan obektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha 
texnologiyalar hamda sanab o’tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi 
sohalar majmuasi.AKT tushunchasiga mikroelektronika,kompyuter va dasturiy 
ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan 
erkin foydalanishni ta’minlash,Internetning axborot resurslarini ta’minlash, 
shuningdek sanab o’tilgan sohalar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hodisalar va bu 
faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) 
kiradi. 
2.

Yüklə 76,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin