deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmui
tushunilgan.Ushbu jarayon inson tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi
va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda,mahsulotni
ishlab
chiqarish
jarayonida amalga oshiriladigan xomashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot
shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi,uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining
majmui tushuniladi.Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
to’g’risida gap ketganda, material
sifati ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi.Biroq bu ob’ekt, jarayon
yoki hodisa to’g’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi.Texnologiya
xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali
namoyon bo’ladi.
Axborot texnologiyasi
– ob’ektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki
voqeaning yangi xususiyati to’g’risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig’ish,
qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan
jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi
– inson yoki tizimning
ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.
Dostları ilə paylaş: