texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish
mumkin.Huddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Moddiy ishlab chiqarishda turli mahsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va
boshqalar ishlatiladi.Axborot texnologiyalari uchun ham uzining «uskunalari»,
vositalari mavjud.Bular ,telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir.Bu vositalar
orqali axborotga ishlov berilib, o’zgartiriladi.Hozirgi paytda axborotga ishlov berish
uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo’llanilmoqda.Axborot
texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urg’u
berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida
gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan
bevosita bog’liqdir.Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud
bo’lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli hil murakkablikdagi operatsiyalar,
amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng
muhim usullaridan biri bo’lib,hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion
bosqichlarni bosib o’tdi.
Dostları ilə paylaş: