O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu 
daromad-larga qiymati ularga teng bo’lgan tovarlar sotib olinadi, 
yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo’ladi. 
Boshqacha qilib 
aytganda, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yarata-di, ya’ni o’z 
tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daro-madga mos 
ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, 
79


ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat 
ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga 
vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan 
qo’rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish 
xavfi tug’ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida 
klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va 
keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning 
tasdiqlashicha, odamlar daromadlarning barchasini iste’molga 
sarflamaydilar, balki ularning bir qis-mini jamg’arib boradilar. Bu esa 
shunga muvofiq ravishda yalpi ta-labni kamaytiradi, ish bilan bandlikni 
qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto’g’ri 
ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste’molga 
sarf-lanishi kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga 
ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab 
o’rtasidagi muvozanat buziladi. 
Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, 
iqtisodiy liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomoni-dan rioya 
qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos ravishda iste’molni (talabni) 
keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmat-larni ishlab chiqarish 
A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning pas-siv roliga asoslangan mehnat 
natijalarini ayirboshlash) sharoi-tida, albatta, shunday daromadlarni 
keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga 
oshiriladi. Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining barcha tarafdorlari 
tomonidan «Sey qonuni» shu ko’rinishda qabul qilingan va bozorda 
bahoning erkin tashkil topishi xo’jalik kon’yunkturasidagi o’zgarishga 
darhol moslasha oladi, iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solib turi-
shini kafolatlaydi, deb hisoblagan. 
Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisob-langan 
barterli iqtisodiyot amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab 
miqdoriga teng bo’ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey 
qonunining mohiyatini tashkil etadi. 
Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari.
Klassik iqtisodiy 
maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o’ziga hosligi 
bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, ijtimoiyist-utopistlar, 
S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining 
yagona manbai mehnat deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki 
xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati kapitalga, ish haqiga 
va er rentasiga bo’lgan xarajatlaridan tashkil topadi degan bo’lsa, 
ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi deydi. J.B.Sey 
80


foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlikni aniq qilib ko’rsatib berdi. «Foydalilik – bu qimmat 
o’lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat 
mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham 
o’lchanishi mumkinligini aytib berdi. Lekin bu xususda iqtisodiy 
ta’limotlar tarixi bo’yicha yirik mutaxas-sis M.Blaugning yozishicha, 
«talabning to’yinish darajasini izoh-lab berishda foydalilikning pasayib 
borishi tushunchasi ishla-tilmagan foydalilikka asoslangan qimmat 
kontseptsiyasini baho-ning shakllanish nazariyasi hisoblash noo’rin». 
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish-ning uch 
omiliga (mehnat, kapital, er) alohida e’tibor bergan. Uning 
tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok 
etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar, 
kapitalistlar va er egalari daromadlaridan tash-kil topadi. J.B.Seyning 
uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi 
sifatida ish haqi yaratadi, «kapi-tal» omili kapitalistlarning daromadi 
sifatida foyda yaratadi, «er» omili er egalarining daromadi sifatida renta 
yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir omili 
qatnashadi. (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi deyi-ladi). 
J.B.Sey yuqorida ko’rsatilgan omillar (mehnat, kapital, er) ishchilar, 
kapitalistlar va er egalarining daromadlarini yaratish-da mustaqillikka 
ega ekanligini qayd qilib o’tadi. 
Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan erkin 
raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyat-dagi sinflarni 
ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda 
tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), er 
egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) va 
ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o’zaro ta’sirda bo’ladilar va bir-
birlarini to’ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari bir 
birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to’ldirib turadilar. 
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot
qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsim-lanadi, xususan, 
tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab beri-shicha, bu uning 
qobiliyati, iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to’lanadigan haq. 
Uning fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning» ahvoli 
yaxshilanib boradi va ularning ko’p-chiligi «yuqori sinf» safini to’ldirib 
boradi. J.B.Sey kompen-satsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar 
dastlab ishchilarni ish-lab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik 
pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab
81


chiqarish-ni arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning 
ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan bosh-qalarga 
nisbatan ishchilar sinfi ko’proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy 
ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqti-sodiyoti sharoitida 
sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz ishongan olim sifatida tilga 
olinadi.
J.B.Seyning 
o’tmishdoshlari 
«haqiqiy» boylik yaratadigan 
iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fizio-kratlar 
qishloq xo’jaligini) ajratib ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto 
A.Smit xizmat ko’rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat 
va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo’jaligidagi 
mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat 
«yordam« beradi. J.B.Sey iqtiso-diyotning asosiy sohalari – sanoat, 
qishloq xo’jaligi, savdo va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi «tenglikni» 
ko’rsatib berdi. Uning fikriga ko’ra, to’rtta sohaning barchasida boylik 
yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham, savdoda ham, 
xizmat ko’rsa-tishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g’arb iqtisodchilari o’tmishdoshlaridan, birin-chi 
navbatda J.B.Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquq-li omillari 
milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday 
yondashuvning ma’nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi 
va faoliyat sohasidan qat’iy nazar bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi 
hisoblanadi.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin