xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga
ham, bunisiga ham pessimizm yot bo’lgan.
Ingliz
iqtisodchisi
Tomas Robert Maltus (1766-1834)
dvoryan
oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq
ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning
asosiy
asarlari
«Nufus qonuni to’g’risida tajri-ba» (1798), «Er
rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqi-qot» (1815), «Siyosiy
iqtisodning printsiplari» (1820)
hisob-lanadi.
«Nufus qonuni».
T.Maltus resurslarning cheklanganligi va
ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi extiyojlarini qon-dirish
muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining “Nufus qonuni
to’g’risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko’payib boradi, oziq-
ovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi deb
ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko’payi-shini cheklovchi
muayyan chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch
keladi deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo’lini
taklif etadi: birinchisi – epidemiyalar, urushlar,
kasalliklar natijasida
aholining kamayishi, bunda tabiatning o’zi kishilar bilan ularning
yashash vositalari o’rtasida me’yorl nisbatning o’rnatilishiga qisman
yordam beradi, ikkinchi yo’l – nikohdan voz kechish yoki kech turmush
ko’rish, tug’ilishni kamaytirish.
T.Maltusning
yozishicha,
uning
kitobi nashrdan chiqqan kungacha
bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan
o’zini etarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’min-lash imkoniyatiga ega
bo’lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imko-niyatlari
bilan aniqlanuvchi
iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga
chiqishga qodir emas.
T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdor-
ligining pasayib borish kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er
uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shun-day
nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik
faqat mehnatga emas, balki tuproqning
tabiiy unum-dorligiga ham
bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan
olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat
qancha harakat qilmasin, qishloq xo’ja-ligidan u oladigan oziq-ovqat
mahsulotlari miqdori faqat arif-metik progressiyada o’sadi (eslatib
o’tamiz , arifmetik progres-siyada o’sish 1,2,3,4,5 ... ko’rinishda, ya’ni
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi),
aholining soni esa geometrik progressiyada o’sadi va 25 yilda ikki
83
barobar ko’payadi (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish
1,2,4,8,16 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2
barobar ko’p bo’ladi). Agar er aholisi asr boshida 1 mlrd. bo’lsa, asr
oxiriga kelib u 8 mlrd. tashkil etadi, yashash vositalari esa to’rtdan birga
ko’payadi.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’u-lisi, eng
ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi
iqtisodchilar uning
xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun
odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila
olmagan oziq-ovqat mahsulot-larini ishlab chiqarish imkonini yaratib
beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi
J.L.Saymonning tas-diqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi
– texnik jarayon planetadagi aholining har qanday o’sishini
kompensatsiya-lashi va uning yuqori hayot darajasini ta’minlashi
mumkin.
Ijtimoiy siyosatga munosabat.
«Nufus qonuni to’g’risida tajriba»
asarining yozilishiga U.Godvinning «Ijtimoiy adolat to’g’risida» ocherki
sabab bo’lgan. Unda, daromadlarning adolatsiz taqsimlanishi –
kambag’allikning
asosiy sababidir, deb ko’rsa-tilgan va taqsimot
mexanizmini takomillashtirish taklif etil-gan. T.Maltus esa ijtimoiy
siyosatning hukumat va boshqa jamiyat tashkilotlar tomonidan olib
borilishiga qat’iy qarshi bo’lgan. Uning fikricha, kambag’allarga
bo’lgan xayrixohlik ularning ahvo-lini yaxshilashga qodir emas, balki
faqat vaziyatni keskinlash-tiradi. Aholining quyi tabaqalariga
ko’rsatiladigan moliyaviy yordam qisqa muddatli samara beradi va shu
bilan aholining o’sishini rag’batlantiradi.
Ammo bu unga muvofiq
ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining ko’payishiga olib kelmaydi.
Demak, umuman olganda, jamiyat kambag’allashadi. T.Maltusning
fikricha, qashshoqlikning asosiy sababi boshqaruv yoki notekis
taqsimotga bog’liq emas, balki u «tabiiy qonunlar va inson ehtiroslari»,
tabiatning xasisligi va odamlarning juda tez ko’payishi bilan bog’liqdir.
Shu bois, «xalq o’z azob-uqubatlari uchun, birinchi navbatda, o’zini
ayblashi kerak». Unga hech qanday inqilob va ijti-moiy islohotlar
yordam bera olmaydi. Shuning uchun aholining o’sishini va
tekinxo’rlikni rag’batlantiruvchi ijtimoiy va xusu-siy xayrixohlikdan voz
kechish zarur.
Hozirgi
zamon
iqtisodchilari
T.Maltusning ijtimoiy siyosatning
ahamiyatiga bergan bahosiga qo’shilmaydilar. Mehnatga yaroqsiz va
kam ta’minlangan aholini qo’llab-quvvatlash
hozirgi zamonaviy
84
jamiyat iqtisodiy siyosatning zarur qismidir. Bundan tashqari, xayriya
faoliyati ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ush-lab turish uchun ham
zarur: kambag’allarning ko’payishi bunday bar-qarorlikka xavf solishi
mumkin. Biroq bunda faol ijtimoiy siyosatning salbiy tomonini ham
hisobga olish zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan
qiziqishni susaytiradi.
Dostları ilə paylaş: