O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

 
Ish haqi va foyda nazariyalari.
D.Rikardoning ish haqi nazariyasi 
yoki uning yozishi bo’yicha 
“mehnatning tabiiy bahosi”
va 
“mehnatning bozor bahosi”
T.Maltusning nazariy qoidalariga 
asoslanadi. 
“Mehnatning tabiiy bahosi”
bu ishchining yashashi va o’z 
naslini davom ettirishi uchun zarur bo’lgan baho hisoblanadi. U 
olinadigan pul miqdoriga emas, balki unga sotib olinishi mumkin 
bo’lgan zaruriy vositalar miqdoriga bog’liq. 
“Mehnatning bozor bahosi”
mehnatga bo’lgan talab va taklifning real nisbati asosida shakllanadigan 
haq sifatida tavsiflanadi. D.Rikardo bo’yicha, ish haqi dinamikasi 
ishlovchi aholining soniga bog’liq, negaki ishlovchi aholining soni 
ishchi kuchi taklifiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlovchi aholining tabiiy 
o’sishiga bog’liq holda mehnatga bo’lgan talab va taklif shakllanadi, 
demak ish haqi ham tebranib turadi. Aholining o’sish sur’atidan kelib 
chiqqan holda, ish haqi pasayish moyilligiga ega deb hisoblaydi, 
uningcha, ish haqi talab va taklif bilan tartiblanib turiladi, ishchilarning 
soni esa doimo ko’payib boradi, ularga bo’lgan talab esa sekin oshadi. 
D.Rikardo o’zining bu pessimistik qarashlarini tasdiq-lashga urinib, ish 
haqining oshishi tovarlar bahosining oshishi-dan sekin yuz beradi, 
natijada ishchi ish haqi va baho oshgan davrgacha xarid qilishi mumkin 
bo’lgan tovarlarga qaraganda kamroq tovar sotib olishga majburligini 
qo’shimcha ham qiladi. Lekin ish haqini tartibga soluvchi turuvchi 
“omillarini” tadqiq qilgach, ish haqining pasayish moyilligi faqat uning 
davlat tomonidan tartibga solinmaydigan “xususiy va erkin raqobat 
bozori” sharoitida amal qilishi mumkinligiga izoh berib o’tadi. 
D.Rikardoda 
foyda
ishchining haq to’lanmagan mehnati nati-jasi 
sifatida tavsiflanadi. 
Erkin raqobat sharoitida
foyda, xuddi ish haqiga 
76


o’xshab, pasayish moyilligiga ega, chunki 
jamiyat-ning rivojlanib va 
boyib borishi bilan qo’shimcha talab qilinadi-gan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishga ketadigan mehnat sarflari ko’payib boradi. 
Lekin shu erda 
u haqli ravishda, foydaning pasa-yish moyilligi muayyan vaqt o’tgandan 
keyin ishlab chiqarishda foydalanayotgan mashinalarni 
takomillashtirish, agronomiya yutuq-laridan foydalanish tufayli 
to’xtatiladi, deb qayd qilib o’tadi. 
 Kapital 
nazariyasi.
D.Rikardo bo’yicha, kapital ishlab chiqa-rishda 
foydalaniladigan mamlakat boyligining bir qismi bo’lib, u oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, asbob-uskunalar, xom ashyo, mashinalar va b. iborat. 
Uning kapital to’g’risidagi qarashlari bu muammo bilan shug’ullangan 
klassik iqtisodiy maktabning boshqa vakil-larining iqtisodiy qarashlari 
bilan ham ohang bo’lsa-da, ulardan farqli ravishda, bir xil kapital 
qo’yilmasidan keladigan daro-madning har xilligi sababli kapital bir 
kasb turidan boshqasiga o’tib turishini ko’rsatib berdi. Har bir kishi 
ko’proq foyda olishga intiladi, shuning uchun u kam foydali ish joyini 
tashlab ko’p foyda keladigan joyga o’tishga harakat qiladi. Buning 
uchun fabrikachi o’z kasbini o’zgartirishi shart emas; u kapital qo’yil-
masini kamaytirsa bas. Bundan kapitalning yuqori foydali tarmoqqa 
oqib o’tishining kuchayishini D.Rikardo nazariyasidan ko’rish qiyin 
emas. 
Qiyosiy ustunlik nazariyasi.
D.Rikardo birinchilardan bo’lib ayrim 
tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas, balki mamlakatlar o’rtasida ham 
xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab 
berdi. Xalqaro mehnat taqsimotiga asos-langan holda, u qiyosiy ustunlik 
nazariyasini yaratdi. Bu nazariya-ning asosiy qoidasi shundan iboratki, 
har bir mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan 
xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni 
hisobga olgan holda tashqi savdodan foyda ko’radi. Muayyan tovar-ni 
ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nis-batan 
qulayroq bo’lishi mumkin. Shu bois, qiyosiy ustunlik nazariyasiga 
binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan hol-da u yoki bu 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak. 
D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan 
miqdor-dagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab 
chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). 
Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishi-lik 
mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash 
zarur. Garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga 
77


nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham, bu 
sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap 
shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan 
katta qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan, vino tayyorlash tarmog’iga 
o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat 
sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama 
olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki 
u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li 
bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, 
balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik 
mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’ri-nadiki, qiyosiy 
ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayir-boshlash ikkala mamlakat 
uchun ham foydalidir. Bundan mamla-katlar o’rtasida mehnat taqsimoti 
va ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi zarurligi kelib chiqadi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin