(Money and Banks) week 10 -International Financial Institutions
Xalkaro molia korporatsiyasi (XMK) jahon banki guruhining
aʼzosi xisoblanib,
oʻz faoliyatini rivojlanayotgan va oʻtish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda xususiy
sektorga
yoʻnaltirgan eng yirik global rivojlanish instituti boʻlib, Oʻzbekistonda 1993 yildan
buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
XMKning
O’zbekistondagi amaldagi portfeli (2022 yil sentabr xolatiga) bank,
moliya, energetika,
toʻqimachilik, oziq - ovqat, kimyo, mebel sanoati va kichik va oʻrta
biznesni rivojlantirish
yoʻnalishlarida jami 480 million AQSH dollarlik 28 ta investitsiya
loyihasi hamda mamlakatning moliya va energetika sohalarida ishlab chiqilayotgan 474
million dollarlik 5 ta loyihadan iborat.
Xalqaro moliya korporatsiyasi
O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish
bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.
XMK davlat-xususiy sheriklik modelidan foydalangan holda sog'liqni saqlash
sohasiga xususiy sarmoya va ekspertlarni jalb qilish, shu asosda moliyalashtirish,
yaratish, boshqarish va aholiga gemodializ xizmatlarini ko'rsatish uchun xususiy sektor
ishtirokchisini aniqlashda maslahat yordamini ko'rsatmoqda.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)
O‘zbekiston hukumatini toza energiyaga
o‘tish va elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirish bo‘yicha shamol
stansiyalari loyihalarini ishlab chiqishda
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv imzoladi.
XMK
Oʻzbekiston hukumatiga mamlakatning bir qancha hududlarida quvvati 500
megavattgacha
boʻlgan shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun
xususiy sektor tajribasi va kapitalini jalb qilish uchun davlat-xususiy sheriklikni
shakllantirish
boʻyicha maslahat beradi. Loyiha O‘zbekistonning 2026-yilgacha elektr
energiyasining 25 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarish maqsadiga
hissa
qo‘shadi.
Dunyo bo'ylab 743 gigavattdan ortiq o'rnatilgan quvvatga ega shamol elektr
energiyasini ishlab chiqarishning eng tez o'sib borayotgan va eng arzon manbalaridan
biridir.
O‘zbekiston hukumati 2026-yilgacha besh gigavatt quyosh va uch gigavatt shamol
energiyasini ishga tushirishni
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Loyiha hukumatning qayta tiklanadigan energetika salohiyatini oshirish bilan birga
Oʻzbekistonning energiya majmuasini diversifikatsiya qilish borasidagi saʼy-harakatlariga
hissa
qoʻshadi.
XMKning strategik hamkorligi bilan
“Fargonazot” AJ ustav kapitalidagi aksiyalar
paketini xususiylashtirish
bo‘yicha kelishuv muvaffaqiyatli erishilganini qayd etdi.
Shuningdek,
“Navoiyazot” AJni xususiylashtirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar va
hamkorlikning boshqa istiqbolli
yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahat yordami.