3. Bozor iqtisodiyotining asosiy muammosi, afzalliklari va ziddiyatlari Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z
echimiga ham ega.
Bular quyidagilar:
1.
Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi,
zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi.
2.
Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan
korxonalarda ishlab chiqarish zarur.
3.
Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo
qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi.
4.
Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori,
o‘rta va kam ta‘minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil
qilinadi.
5.
Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda
mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi
hisobga olinadi.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e‘tiborga loyiqdir. Bular:
1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali
taqsimlash imkonini beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, raqobatli bozor
tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarishga yo‘naltiradi. Umuman, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday
tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab
darajasiga mos miqdorda ishlab chiqarishni ta‘minlaydi.
2. Erkinlik. Bozor iqtisodiy tizimining muhim afzalliklaridan biri, u shaxsiy
erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Faqat bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni erkinlik
qoidalari asosida uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.