103
bilan farqlanadi. Bu model Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda
qo‘llanilgan.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq, an‘anaviy
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos
belgilar turli xo‘jaliklar, azaliy natural xo‘jalik uning rivojlanish darajasi, bozor
munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya orqali
yuz beradi.
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan,
ma‘muriy – buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan hozirgi zamon
rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular
batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor munosabatlariga
o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi,
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning
hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning mazkur yo‘lining o‘ziga xos
xususiyatlarini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: