94
Resurs va ne‘matlarning ekvivalenti pulning harakati qarama-qarshi
yo‘nalishga ega. Ayni vaqtda uy xo‘jaliklari davlatga to‘g‘ri soliqlarni to‘lab,
undan ish haqi va turlicha to‘lovlarni oladi. Korxonalar
ham davlatga soliqlarni
to‘laydi va undan belgilangan to‘lov va subsidiyalarni oladi. Doiraviy aylanish-
larning takomillashgan modelida bozor sub‘ektlarining chet elliklar bilan tashqi
iqtisodiy aloqalari ham aks etadi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil
qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan
iqtisodiy
resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi
kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi
bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy
sub‘ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi.
Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo‘lish shakli – mehnat birjasidir.
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi
ishchi kuchini oldi-sotdi
bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi
muassasa.
Mehnat birjasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
I.
ishsizlarni ro‘yxatga olish;
II.
ishsizlarni mos ish o‘rinlari bilan ta‘minlash;
III.
ish bilan ta‘minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga
tayyorlash;
IV.
ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa-da, oldi-sotdi ob‘ekti
yagona, ya‘ni pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar hisoblanadi. Ortiqcha
mablag‘larga ega bo‘lgan xo‘jalik sub‘ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag‘lar
kamyobligini sezgan sub‘ektlarga taklif qiladi.
Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash
mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste‘molni
qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz
majburiyatlari bozorida pul
vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste‘mol uchun ishlatiladi. Mulk
95
bozorida qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu
bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga
olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va
qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul
shaklidagi kapitalning foiz
to‘lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar
muomalada bo‘ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida aktsiya, obligatsiya, veksel, chek,
depozit
kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli maj-
buriyatlar hamda korporatsiyalarning aktsiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu
bozorda broker va dillerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari,
auktsionlar va banklardan iborat bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi
va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi
qimmatli qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan
qimmatli qog‘ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar sotilsa,
ikkilamchi bozorda qayta sotiladi.
Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi
bozori favqulodda
muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik sub‘ektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning
erkin harakat qilishini ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: