Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. 
Bu donli ekinlar 
maydoni kengaytirish, paxta ekiladigan maydonlarini esa tegishli ravishda 
qisqartirish hisobiga qisqa davrda to‘liq don mustaqilligiga erishish imkonini 
bergan. 
Agrar islohotlarning
g’oyat muhim yo’nalish – qishloq xo’jaligida band 
bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo’shatib olish va ularni iqtisodiyotning bosh-
qa tarmoqlariga 
(sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalariga) 
jalb etishdan 
iboratdir. 
Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o‘zgartira oluvchi, zamonaviy 
texnologiyaga ega bo‘lgan, qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlaydigan, 
kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni va keng 
tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal 
rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kunda ham ahamiyatli bo’lgan 
ustuvor yo’nalishidir. 
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘sib 
o‘tishida 
moliya-kredit sohasini isloh qilish 
alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy 
munosabatlarda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan beri-


111 
ladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi 
darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag‘ ajratish, 
milliy xo‘jalikni rivojlantirishda investittsiya kreditlaridan keng foydalanish 
islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. 
Kredit sohasidagi islohotlar bank tizimini takomillashtirish, banklarning 
mustaqilligini va pul muomalasi uchun javobgarligini oshirishga qaratildi. Shu 
maqsadda Respublikada Markaziy bank hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy 
banklardan iborat ikki bosqichli bank tizimi vujudga keltirildi. Markaziy bank 
zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Ixtisoslashgan 
aktsiyadorlik – tijorat banklari shakllantirildi. 
Respublikada islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish printsipi, 
ayniqsa narxlarni erkinlashtirishga yondashishda yorqin namoyon bo‘lgan. 
Narxlarning erkin shakllanishi uchun dastlab davlat xarid narxlarining amal 
qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib 
boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot ayrim 
turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi 
mutanosiblikka erishishga harakat qilinadi. 
Respublikada boshqarish tizimini isloh qilish butun iqtisodiyot, tarmoqlar 
va hududlarni boshqarishning eng maqbul va davrga mos bo‘lgan tuzilmalarini
ishlab chiqish orqali amalga oshirildi. 
Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi yoki ularning 
faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma‘muriy apparatlar o‘rniga 
yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi. 
Masalan, Iqtisodiyot vazirligi, respublika ulgurji va birja savdosi 
aktsiyadorlik uyushmasi, antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish qo‘mitasi 
kabilar shular jumlasidandir. 
Respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini boshqarish 
tizimida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tarmoq vazirliklari 
uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalariga 
aylantirildi ayrim faoliyat sohalarida milliy kompaniyalar tuzildi. 


112 
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya – 
boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimlik joriy qilindi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham 
qamrab oladi.
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha 
bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar xom-ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, 
o‘z navbatida, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar 
paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta‘minlaydigan tuzilmalar 
vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi 
hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tuzildi. 
Uchinchi yo‘nalish mehnat bozorini shakllantirishdan iborat bo‘lib, bu sohada
mehnat birjalarini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq shakllantirildi. 
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada 
islohotlarni amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy 
majmuasi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni bosh-
qarishning yangi tizimi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan 
shug‘ullanishi zarur bo‘lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, Tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi.
Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda aholini ijtimoiy 
himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilib
borildi. 
Birinchi yo‘nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi 
ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini 
muntazam oshirib borish. 
Ikkinchi yo‘nalish – respublikaning ichki iste‘mol bozorini himoya qilish 
hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste‘molini 
muayyan darajada saqlab turish. 
Uchinchi yo‘nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam 
ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash. 


113 
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq 
yillar davomida qaror topgan ma‘naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va 
dunyoqarash xususiyatlari hisobga olingan. 
Shunday qilib, islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan 
ta‘minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e‘tiborli 
mamlakatga aylantirishga qaratiladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin