Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

4.
 
O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifalari 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidagi 
muqarrar jarayondir. U eng avvalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. 
Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarilayotgan 
tovar va xizmatlarning sifati va turini o‘zgartirishga undaydi, ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste‘mol xossalarini 
yaxshilashga, uning raqobatbardoshligini oshirishni taqoza qiladi. Bularning 
barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o‘rtasida muvozanatlikni ta‘-
minlashga olib keladi. Kengroq ma‘noda barqarorlashtirish – bu eng avvalo 
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga 
va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining 
oldini olish, to‘lov balansini bir me‘yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab 
olib boriladigan davlat siyosatidir. 
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil 
yondoshuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi 
monetar yondoshuv 
deb ataladi. 
U pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda 
to‘lovga qodir bo‘lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini 
barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yondoshuvning kamchiligi shuki, u ishlab 
chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investitsiya faoliyatining to‘xtab 
qolishiga olib keladi. 
Ikkinchisi – ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga,
asoslangan yondoshuv. Bunda bir me‘yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit 


114 
siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo‘lmagan ortiqcha talablarni cheklash 
bo‘yicha tadbirlar bilan uzviy bog‘lab olib boriladi. 
Respublikada o‘tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi 
yondoshuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning istiqbolga ega bo‘lgan 
tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har tomonlama rag‘batlantirish, eng muhim 
bo‘g‘inlarni aniqlash (neft, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) 
va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo‘yicha amalga 
oshiriladigan yondoshuvdir.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan 
monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil 
qilishni qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan birga qo‘shib olib borilishi zarur. 
Ana shu yondoshuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy 
mezonlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
I.
Ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
II.
Ustvor bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay 
sharoitlarni vujudga keltirish va rag‘batlantirish; 
III.
Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini 
ta‘minlash; 
IV.
Pulning qadrsizlanishini to‘xtatish; 
V.
To‘lov balansi va davlat valyuta rezervlarining holatini yaxshilash; 
VI.
Muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi turmush darajasini 
yaxshilash. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda soliq tizimini takomillashtirish kredit-bank 
tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish 
ham alohida o‘rin tutadi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida milliy valyutani mustahkamlash uning 
ichki bozorda erkin almashinuvini ta‘minlash muhim vazifa hisoblanadi. 
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror 
ta‘minlanishiga erishish. Bunda bozorning umumiy hajmida respublikada ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘ladi. 


115 
Ikkinchidan, etarli barqaror valyuta zahiralariga ega bo‘lish. Bunga respublika 
eksport imkoniyatini kengaytirish, eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan 
korxonalar ulushini va ularning jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali 
erishiladi. 
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so‘mni qadrlash va iqtisodiyotga 
sarflangan har bir so‘mning foyda bilan qaytishiga erishish.
To‘rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyatsiyaga qarshi puxta o‘ylangan 
siyosat o‘tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to‘ldirish, naqd pul va kredit 
emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l 
qo‘ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. 
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini 
ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini tubdan o‘zgartirish 
shuningdek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini 
tartibga solish talab qilinadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin