107
Uchinchi vazifa
– milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat.
Bu esa so‘mning konvertatsiyasi, qat‘iy valyutalarga erkin sur‘atda
almashtirish
layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta‘sirchan choralarni qo‘l-
lash, iste‘mol mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda ichki bozorni shunday
mollar bilan to‘ldirish, korxonalarning chetga tovar chiqarishini kengaytirish
hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo‘li bilan erishiladi.
To’rtinchi vazifa
– iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish,
xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
Bu tarkibiy o‘zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan
tarmoqlarni, jumladan yoqilg‘i, energetika va g‘alla
majmualarini rivojlantirish
nazarda tutiladi.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda birinchi bosqichda
davlat sektori va bozor
xo‘jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi
bosqichda iqtisodiyot to‘liq erkinlashtiriladi,
xususiylashtirish tugallanadi, narxlar
erkin qo‘yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi.
Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining, hozirgi bosqichda ―harajatlar
strategiyasi‖ga muvofiq iqtisodiyot sohasida quyidagi
aniq vazifalarni amalga
oshirish ko‘zda tutiladi.
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosda amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
Mamlakat iqtisodiyotiga
xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va
iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;
Kichik biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin olishiga erishish;
108
Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish
va mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini
ta‘minlash;
Iqtisodiyotda mamlakat iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.
Dostları ilə paylaş: