104
O‘zbekistonning yangi iqtisodiy tizimiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li
rivojlanishning o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy
va ijtimoiy xususiyatlarini
hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion
to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda
asta-sekinlik, lekin qat‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga
o‘tishdan iboratdir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni
amalga oshirishga,
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Respublika Birinchi Prezidenti I.Karimov tomo-
nidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan.
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini
ta‘minlash.
Ikkinchidan, o‘tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanmog‘i, qonunlarning ustunligini ta‘minlash.
To‘rtinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning
hammasi ham muhim
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‘tish printsipi alohida e‘tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish,
yangi
sharoitlarda ishlay oladigan xodimlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini
o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-biri bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma‘naviy-ahloqiy, maishiy va
boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi.
Bularning hammasi
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish haqidagi
g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
105
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi
ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yildi:
– totalitar tizimning og‘ir
oqibatlarini engish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
– Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
16
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim
yo‘nalishlari aniqlab olindi.
Birinchidan,
o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish,
islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
Ikkinchidan,
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy
fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va iqtisodiyotning
boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish,
moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta‘minlash.
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning birinchi
bosqichida bir nechta yo‘nalishlarda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan, 100
ga yaqin asosiy qonun-hujjatlar qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: