Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
3.
 
O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy 
yo’nalishlari
Iqtisodiy munosabatlarning bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, 
iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini 
aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini 
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. 
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilar: 
– mulkiy munosabatlarni isloh qilish; 
– agrar islohotlar; 
– moliya-kredit va narx-navo islohoti; 
– boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; 
– tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; 
– ijtimoiy islohotlar.
20
Bozor islohotlarining bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan 
o‘zgartirishdir, shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti 
shakllantiriladi Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda 
tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni 
xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishga
qaratiladi.
Respublikada 
iqtisodiy 
islohotlarni 
amalga 
oshirishning 
dastlabki 
bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar 
20
Иқтисодий ислоҳотларни амалга оширишнинг бу асосий йўналишлари И.А.Каримовнинг «Ўзбекистон 
иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида» китобида баѐн қилиб берилган. 


109 
sabab bo‘ldi. Birinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega 
bo‘lib, aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sish ko‘p 
jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liq ekanligi.
Ikkinchidan, Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil 
qiladigan sanoatning ko‘pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil, 
oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivoj-
lantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liq. 
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta) valyuta resurslari
Respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika 
va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta‘minlayotgan asosiy manbadir. 
To‘rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat 
muammosini hal etishdagi roli ortib boradi. 
O‘zbekistonda agrar islohotning negizi erga bo‘lgan mulkchilik masalasi
hisoblanadi. Respublika qonunchiligida er xususiy mulk qilib sotilishi mumkin 
emasligi sababli qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga erni meros 
qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo‘yish orqali 
erishish ko‘zda tutilgan. 
Respublikada erga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning 
boshqa xususiyati, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish 
dasturlarini bajarishni davlatning o‘z zimmasiga olganligidir. Bundan xulosa shuki, 
birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o‘zi mustaqil amalga oshira 
olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruktsiyalashga, 
qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. 
Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi mavjud davlat
xo‘jaliklarini mulkchilikning aralash, jaoma va boshqa shakllariga aylantirilib 
borilganligidir. Ularning tarkibida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilishning keyingi yo‘nalishi – bu shaxsiy 
tomorqalarni kengaytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni shaxsiy xo‘jaliklar va 
bog‘- dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini yer bilan 


110 
ta‘minlashdan iborat bo‘ladi. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, 
qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, 
ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy 
muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashdagi keskinlikka barham berishga 
va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha kengaytirishga 
muvaffaq bo‘lindi. 
Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun 
qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratib berildi, shaxsiy tomorqa 
uchun berilgan erning umumiy maydoni 700 ming gektarga etdi. Natijada dehqon 
xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992 
yildagi 33% dan 1999 yilda 60,3% ni, 2002 yilda 66% ni va 2008 yilda 65,3% ni 
2012 yilda 63,7%ni va 2014 yilda 64,3% ni 2016 yilda 65,1 tashkil qilgan. 
Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi – bu qishloq xo‘jalik 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin